Главная » Futbol yangiliklari » “Lokomotiv” Antaliyada to`rtta nazorat o`yini o`tkazadi
“Lokomotiv” Antaliyada to`rtta nazorat o`yini o`tkazadi

“Lokomotiv” Antaliyada to`rtta nazorat o`yini o`tkazadi

  • Категории: Futbol yangiliklari
  • Название: “Lokomotiv” Antaliyada to`rtta nazorat o`yini o`tkazadi
  • Дата релиза: 31-01-17, 15:51
“Lokomotiv” Antaliyada to`rtta nazorat o`yini o`tkazadi
Yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirish maqsadida «Lokomotiv» futbolchilari bugun kechki payt Antaliyaga etib kelishdi. Jamoa a`zolari Belekdagi «Sueno Hotels Deluxe» mehmonxonasiga joylashishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.


Bu erda havo harorati yaxshi, iqlim mo``tadil. Bir so`z bilan aytganda, ayni futbol o`ynaydigan havo. Biz joylashgan mehmonxonada shuningdek, Rossiya premer-ligasi vakili «Krilya Sovetov» ham istiqomat qilmoqda. Ular 7 fevralga qadar shu erda bo`lishar ekan. «Lokomotiv» esa 13 fevralgacha Turkiyada o`quv-yig`in mashg`ulotlarini olib boradi.

Ikki hafta oralig`ida «temiryo`lchilar» to`rtta nazorat bellashuvida ishtirok etishadi. Bugun birinchi kungi mashg`ulot jamoa a`zolari uzoq yo`l bosib toliqib kelishgani bois ko`p davom etmadi. Yarim soatlik mashg`ulotda murabbiylar e`tiborni ko`proq tiklanish jarayoniga hamda chigalyozdi mashqlarga qaratishdi. Ertadan boshlab mashg`ulotlar ikki mahaldan o`tkaziladi.

Mashg`ulot maydonlari shundoq mehmonxonaning yonginasida joylashgan bo`lib, u erda barcha sharoitlar etarli. Bilasiz, «Lokomotiv»ni bu mavsum ham nihoyatda jiddiy o`yinlar kutmoqda. Jamoamiz mavsumni 20 fevral kuni Osiyo chempionlar ligasidagi bahs bilan boshlaydi. Shu kuni Saudiya Arabistonida «Al Taavon» mehmoni bo`lamiz. Shunday ekan, barchaning e`tibori joriy mavsumni ham ijobiy tarzda o`tkazishga qaratilgan.

«Lokomotiv»ning Antaliya yig`inida ishtirok etadigan tarkibi:

DARVOZABONLAR
Ignatiy Nesterov
Ma`mur Ikromov

HIMOYaChILAR
Islom To`xtaxo`jaev
Salim Mustafoev
Oleg Zoteev
Farrux Ibrohimov
Sherzod Fayziev
Bobur Yo`ldoshev
Muhammad Kone
Shuhrat Muhammadiev

YaRIM HIMOYaChILAR
Sadriddin Abdullaev
Ikrom Aliboev
Sardor Mirzaev
Timur Kapadze
Quvondiq Ro`ziev
Kaxi Maxaradze
Diyor Turopov
Salamat Qutiboev

HUJUMChILAR
Marat Bikmaev
Timur Usmonov
Azizbek Amonov
Nore Krizo
Murod Bobojonov
Логин:
Пароль: