Главная » Yangiliklar » Lotereyadan 560 million dollar yutib olgan amerikalik ayol mukofotdan voz kechdi
Lotereyadan 560 million dollar yutib olgan amerikalik ayol mukofotdan voz kechdi

Lotereyadan 560 million dollar yutib olgan amerikalik ayol mukofotdan voz kechdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Lotereyadan 560 million dollar yutib olgan amerikalik ayol mukofotdan voz kechdi
  • Дата релиза: 07-02-18, 14:29
Lotereyadan 560 million dollar yutib olgan amerikalik ayol mukofotdan voz kechdi
Amerikaning Powerball lotereyasidan 560 million dollar yutib olgan ayol mukofotni qo‘lga kiritishda o‘zining shaxsini tasdiqlovchi ma’lumotlarni taqdim etishdan bosh tortdi, deb xabar berdi The Washington Post.

Ayol sud orqali anonim qolgan holda mukofotni qo‘lga kiritish niyatida. Sud hujjatlarida u o‘zini Jeyn Dou — anonim da’volarning an’anaviy muallifi sifatida ko‘rsatgan.

Ayol birdaniga boyib ketganidan shahar aholisi, jumladan, firibgar va jinoyatchilar xabar topishidan xavotirda.

“U hech qanday qo‘rquvsiz, shuningdek, ko‘p millionli mukofotidan hech kim xabar topmagan holda do‘konlar aylanishni va shahardagi tadbirlarda ishtirok etishni xohlamoqda”, — deydi advokat.

Shu bilan birga nashrning ta’kidlashicha, lotereya tashkilotchilari bir tomondan g‘olib nomini e’lon qilib firibgarlikka yo‘l qo‘ymaslikni maqsad qilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan bu orqali o‘yinni amerikaliklar orasida ommalashtirishni niyat qilgan. Nyu-Gempshir qonunlariga ko‘ra, g‘olibning nomi, shahar va qo‘lga kiritilgan mukofot ommaviy tarzda e’lon qilinishi kerak.

Ayni vaqtda ayol yutuq chiptasiga imzo chekkan bo‘lib, imzoni ngo‘zgartirilishi esa uning bekor qilinishiga olib keladi.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: