Главная » Yangiliklar » Mahmud Namozov “Ko`za”ga ketgan 7000 AQSh dollari sirini ochdi
Mahmud Namozov “Ko`za”ga ketgan 7000 AQSh dollari sirini ochdi

Mahmud Namozov “Ko`za”ga ketgan 7000 AQSh dollari sirini ochdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Mahmud Namozov “Ko`za”ga ketgan 7000 AQSh dollari sirini ochdi
  • Дата релиза: 09-04-18, 13:55
Mahmud Namozov “Ko`za”ga ketgan 7000 AQSh dollari sirini ochdi
O`zbekiston xalq artisti Mahmud Namozov “Darakchi” gazetasining jurnalisti Sadoqat Allaberganova bilan suhbatlashdi. El suygan ijodkorning ba`zi qaltis savollarga bergan javobi sizni ham befarq qoldirmasligi aniq...

— “Ko`za”dan keyin “xit” qo`shiq eshitmadik.

— “Ko`za” qo`shig`i klipiga etti ming dollar mablag` sarflaganman. Televidenieda namoyish qilish uchun ham yaxshigina pul ketgan. Ijodim mobaynida birorta qo`shiqqa bu qadar ko`p mablag` ishlatgan emasman. Eksperiment qilishni yaxshi ko`radigan ijodkor bo`lganim uchun bu ishga qo`l urgandim. Shu qo`shiqdan so`ng chiqqan uchta albomimdagi birorta qo`shiqning darajasi “Ko`za”dan past emas. Faqat ularning har birini yana shuncha mablag` evaziga “promo” qilgim kelmayapti.

— Fikringizni tushundim, biroq “promo”siz ham “xit” bo`layotgan qo`shiqlar talaygina-ku! Lekin sizning misolingizda bunday deyolmayman, balki yanglishayotgandirman?

— (Kulib) Siz mening muxlisim emassizda, boshqa xonandalarning qo`shig`ini tinglaysiz. Kuni kecha bir davrada kutilmagan holat bo`ldi. “Toshkanim” qo`shig`ini kuylab bering, raqs tushamiz”, deb qo`yishmadi. Yo`qsa, bu qo`shiq chiqqaniga uch yil bo`lgan. O`rni kelganda aytmoqchiman, Xudoga yoqqan ishim bordirki, taqdir meni poytaxtga olib keldi. Qiyinchilik, armonning achchiq azobi-yu, baxt, muvaffaqiyatning gashtini shu erda totib ko`rdim. Farzandlarim shu erda dunyoga keldi, o`qidi, o`z yo`lini topdi. “Toshkanim” poytaxtning baland binolari-yu, so`lim go`shalari uchun emas, balki yuqoridalarning bari uchun minnatdorchilik sifatida kuylangan qo`shiq edi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: