Главная » Yangiliklar » Maktab bitiruvchilariga oltin va kumush medallar berish tiklanishi mumkin
Maktab bitiruvchilariga oltin va kumush medallar berish tiklanishi mumkin

Maktab bitiruvchilariga oltin va kumush medallar berish tiklanishi mumkin

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Maktab bitiruvchilariga oltin va kumush medallar berish tiklanishi mumkin
  • Дата релиза: 15-06-18, 15:34
Maktab bitiruvchilariga oltin va kumush medallar berish tiklanishi mumkin
Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida “Umumiy o`rta ta`lim muassasalari bitiruvchilarini rag`batlantirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi e`lon qilindi.

Xalq ta`limi vazirligi matbuot xizmati xizmati tomonidan ma`lum qilinishicha, mazkur hujjat loyihasida umumiy o`rta ta`lim muassasalari bitiruvchilariga a`lo bilimi, namunali xulqi va faol jamoatchiligi uchun oltin va kumush medallarni ta`sis etish ko`zda tutilgan.

Qaror loyihasida belgilanishicha:

oltin medal umumiy o`rta ta`lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to`g`risidagi a`lo darajali shahodatnomasi mavjud bo`lgan, 10-11-sinflardagi barcha fanlar bo`yicha oraliq, yakuniy nazoratlari hamda choraklik va yillik baholari a`lo, namunali xulqqa ega bo`lgan va jamoat ishlarida faollik ko`rsatgan 11-sinf bitiruvchilariga beriladi;

kumush medal umumiy o`rta ta`lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to`g`risidagi a`lo darajali shahodatnomasi mavjud bo`lgan, 10-11-sinflardagi barcha fanlar bo`yicha yillik baholari a`lo, namunali xulqqa ega bo`lgan va jamoat ishlarida faollik ko`rsatgan 11-sinf bitiruvchilariga beriladi;

oltin medalga ega bo`lgan o`quvchiga respublikadagi davlat oliy ta`lim muassasalarining bakalavr bosqichiga kirish sinovlarida to`plagan umumiy baliga 50 foiz, kumush medalga ega bo`lgan o`quvchiga to`plagan umumiy ballining 30 foizi miqdorida qo`shimcha ball beriladi;

oltin va kumush medallarga ega bo`lgan o`quvchilarga beriladigan imtiyoz bir yilgacha amal qiladi.

Xalq ta`limi vazirligi umumiy o`rta ta`lim muassasalari bitiruvchilariga beriladigan oltin va kumush medallarning o`quvchilarga xolislik va odillik tamoyillariga amal qilgan holda topshirilishini ta`minlaydi.

Xalq ta`limi vazirligi keng jamoatchilikdan iqtidorli o`quvchilarni rag`batlantirishni ko`zlab ishlab chiqilgan qaror loyihasining muhokamasida faol ishtirok etishni so`raydi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: