Главная » Futbol yangiliklari » "Mash'al": "Muxlislarni stadionga chorlaymiz"

"Mash'al": "Muxlislarni stadionga chorlaymiz"

  • Категории: Futbol yangiliklari
  • Название: "Mash'al": "Muxlislarni stadionga chorlaymiz"
  • Дата релиза: 05-06-14, 15:39
"Mash'al": "Muxlislarni stadionga chorlaymiz"
"Mash'al" PFK muxlislarni yana Bahrom Vafoev nomli stadionga choralaydi. 6 iyun kuni Oliy liga doirasidagi 11 tur uchrashuvini o'z maydonida o'tkazadigan jamoamizni stadionda qo'llab-quvvatlang.

Shu kuni jamoamiz Namanganning "Navbahor" klubini qabul qiladi. Teng kuchli raqiblar o'rtasida kechadigan keskin uchrashuvni stadiondan kuzatib boring va qiziqarli uchrashuv bilan birga qimmatbaho sovg'aga ham ega bo'ling.

6 iyun soat 18:30 da start oladigan ushbu uchrashuvga klub har doimgidek muxlislarga o'z sovg'alarini taqdim etadi. Uchrashuvni kuzatish uchun stadionga tashrif buyurgan va chipta harid qilgan har bir muxlis ushbu loyiha ishtirokchisiga aylanadi.

O'yinning tanaffus vaqtida bo'lib o'tadigan loyihamiz ishtirokchilari orasida g'oliblar lototrondan chiqqan raqamlar asosida tanlab olinadi.
G'olib muxlislarga klub "ARTEL SPORT" uyali aloqa telefoni, "Mash'al" klubi futbolchilari dasxati tushurilgan to'plar, klub futbolkalarini taqdim etadi.

Barcha muxlislarni stadionga chorlaymiz! Jamoamizni bevosita stadiondan turib qo'llab-quvvatlaymiz.
Логин:
Пароль: