Главная » Yangiliklar » MB nima sababdan dollarning kursi tez suratlarda o`sayotganligi haqidagi savolga javob berdi
MB nima sababdan dollarning kursi tez suratlarda o`sayotganligi haqidagi savolga javob berdi

MB nima sababdan dollarning kursi tez suratlarda o`sayotganligi haqidagi savolga javob berdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: MB nima sababdan dollarning kursi tez suratlarda o`sayotganligi haqidagi savolga javob berdi
  • Дата релиза: 28-03-17, 19:45
MB nima sababdan dollarning kursi tez suratlarda o`sayotganligi haqidagi savolga javob berdi
28 martdan e`tiboran Markaziy bank xorijiy valyutaning o`zbek so`miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Bugundan 1 AQSh dollari yana 46,91 so`mga oshib, 3595,02 so`mni tashkil qildi. 1 evro 83 so`mga oshib, 3883.95 so`mni tashkil qildi.

2 hafta oldin dollar o`zining 3,5 ming so`mlik qiymatni qayd etgandi.

“Darakchi plyus” tahririyati Markaziy bankka rasmiy murojaat qilib, AQSh dollarning o`zbek so`miga nisbatan sezilarli darajada oshib borayotganligi sabablari bilan qiziqdi.

Markaziy bank matbuot xizmatining javoblarida keltirilishicha, “Valyutani tartibga solish to`g`risida”gi qonunning 15-moddasiga muvofiq O`zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasini sotib olish va sotish bo`yicha operasiyalar milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan chet el valyutasiga bo`lgan talab hamda taklifning joriy nisbati asosida shakllanadigan almashuv kursi bo`yicha amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, biz dollar kursi o`sishda davom etish yoki etmasligi hamda qancha foizga oshishi haqida qiziqdik.

“So`mning xorijiy valyutalarga nisbatan ayirboshlash kursining kelgusidagi dinamikasi talab va taklif, to`lov, xususan tashqisavdo balansi, inflasiyaning maqsadli parametrlari, mamlakatlardagi iqtisodiy vaziyatdan kelib chiqib – asosiy savdo hamkorlar, jumladan ularning valyuta kurslariga qarab belgilanadi”.

“Ayni damda valyuta siyosatini liberalizasiya qilish hamda bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari asosida takomillashtirishni tartibga solish bo`yicha normativ hujjatlar loyihasi ishlab chiqilmoqda”, - deya ta`kidlanadi MB javobida.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: