Главная » Yangiliklar » Meksikada turar-joylar yaqinidan 157 ta jasad bo‘lgan yuk mashinasi topildi
Meksikada turar-joylar yaqinidan 157 ta jasad bo‘lgan yuk mashinasi topildi

Meksikada turar-joylar yaqinidan 157 ta jasad bo‘lgan yuk mashinasi topildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Meksikada turar-joylar yaqinidan 157 ta jasad bo‘lgan yuk mashinasi topildi
  • Дата релиза: 19-09-18, 10:53
Meksikada turar-joylar yaqinidan 157 ta jasad bo‘lgan yuk mashinasi topildi
Meksikaning Gvadalaxara shahri chekka qismidan sovutkich pritsepida 157 ta jasad bo‘lgan yuk mashinasi topildi. Bu haqda 18-sentabr, seshanba kuni Daily Mail xabar berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Yuk mashinasi turar-joylar yaqinida bo‘lib, o‘zidan chiqayotgan badbo‘y hid bilan mahalliy aholini bezovta qilganligi ta’kidlanmoqda.

Politsiya hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Transport vositasi nima sababdan aholi yashovchi hududda qoldirilganligi aniqlanmoqda.

Nashrning ta’kidlashicha, jasadlarni sovutish transportiga yuklash amaliyoti Meksikada yangilik emas, chunki jinoyatchilikning avj olganligi sababli o‘likxonalarda joy yetarli emas. Biroq bu kabi “g‘ildirakdagi o‘likxonalar” aholi yashovchi kvartallar yaqinida turmasligi lozim.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: