Главная » Yangiliklar » MIKROKREDITLAR 14 977 500 SO`M MIQDORIGAChA AJRATILA BOShLANDI
MIKROKREDITLAR 14 977 500 SO`M MIQDORIGAChA AJRATILA BOShLANDI

MIKROKREDITLAR 14 977 500 SO`M MIQDORIGAChA AJRATILA BOShLANDI

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: MIKROKREDITLAR 14 977 500 SO`M MIQDORIGAChA AJRATILA BOShLANDI
  • Дата релиза: 23-11-17, 10:46
MIKROKREDITLAR 14 977 500 SO`M MIQDORIGAChA AJRATILA BOShLANDI
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 oktyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Kam ta`minlangan oilalarni bandlik bilan ta`minlash uchun tijorat banklari tomonidan mikrokreditlar ajratish to`g`risida”gi nizomga asosan tijorat banklari muayyan mehnat turi bilan shug`ullanish istagida bo`lgan kam ta`minlangan oilalarning voyaga etgan a`zosiga imtiyozli mikrokreditlar ajratishni boshladi.

Mikrokredit olish istagida bo`lgan kam ta`minlangan oilalar ro`yxati O`zbekiston Kasaba uyushmalari Federasiyasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek tijorat banklarining mas`ul xodimlaridan tashkil topgan Ishchi guruh tomonidan shakllantirilib, tijorat banklari ushbu ro`yxat asosida mikrokreditlar ajratmoqda.

Mikrokreditlar qarz oluvchilarga quyidagi maqsadlarda foydalanish uchun beriladi:

- tikuv mashinalari, matolar va boshqa carf materiallari, kosibchilik faoliyati uchun inventarlar, maishiy, kompyuter va boshqa texnikalar, shuningdek, mehnat bilan bandlikni ta`minlovchi boshqa asbob-uskunalar xarid qilish;

- shaxsiy tomorqa uchastkalarini rivojlantirish (kichik issiqxonalar barpo etish, chorva mollari, parranda sotib olish, og`ilxona va tovuqxona qurish, bog`dorchilik inventarlari va asboblari xarid qilish).

Mikrokreditlar eng kam ish haqining 100 baravari (hozirgi kunda 14 977 500 so`m) miqdorigacha yillik 4 % stavkada, 6 oylik imtiyozli davr bilan 3 yilgacha bo`lgan muddatga beriladi.

Yuqorida keltirilgan Ishchi guruhi tomonidan shakllantirilgan ro`yxatga kiruvchi kam ta`minlangan oilalar a`zosi mikrokredit olish uchun o`zi yashab turgan tuman bo`yicha biriktirilgan bank filiallariga murojaat qilishi lozim.

Kredit olish to`g`risidagi ariza bank tomonidan 3 kun muddatda ko`rib chiqilishi va kredit ajratilishi davomida mijozdan qo`shimcha to`lovlar undirilmasligi belgilangan.

Kredit ajratish yuzasidan tijorat banklari filiallariga nisbatan ariza va shikoyatlar mavjud bo`lgan taqdirda quyida keltirilgan ishonch telefonlariga murojaat qilishingizni so`raymiz.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: