Главная » Yangiliklar » Milliy valyutani xorijga olib chiqishning tartibi o`zgardi
Milliy valyutani xorijga olib chiqishning tartibi o`zgardi

Milliy valyutani xorijga olib chiqishning tartibi o`zgardi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Milliy valyutani xorijga olib chiqishning tartibi o`zgardi
  • Дата релиза: 14-03-18, 22:55
Milliy valyutani xorijga olib chiqishning tartibi o`zgardi
MB va DBQning qarori (12.03.2018 yilda 1326-2-son bilan ro`yxatdan o`tkazilgan) bilan O`zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini olib kirish va olib chiqish tartibi to`g`risidagi nizomga o`zgartirishlar va qo`shimcha kiritildi, deb yozmoqda Norma.

Ruxsatnoma – 09006-son shakl bo`yicha

Eslatib o`tamiz, 2004 yil 1 martdan boshlab rezident va norezident jismoniy shaxslar tomonidan naqd milliy valyutani (so`mni) O`zbekistonga olib kirish va olib chiqishga EKIHning 50 baravaridan oshmaydigan summa doirasida ruxsat beriladi. Ko`rsatilgan summadan ortiqcha naqd milliy valyutani olib chiqishga ruxsatnoma olish zarur.

Endi mazkur ruxsatnoma Markaziy bankning Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyat yoki Toshkent shahri bo`yicha bosh boshqarmasida beriladi (ilgari buni Markaziy bankning o`zi amalga oshirar edi).

Bunda taqdim etilgan hujjatlar yuzasidan e`tiroz bo`lmasa, MB bosh boshqarmasi 09006-son shakl bo`yicha ruxsatnoma rasmiylashtiradi. Uni MB bosh boshqarmasining boshlig`i imzolaydi. Ruxsatnoma – qat`iy hisobdagi blanka bo`lib, «Davlat belgisi» DIChBda tayyorlanadi va zarur darajada himoyalangan bo`ladi. Har bir blanka bir xil seriya va tartib raqamiga ega 2 nusxadan iborat bo`ladi: birinchisi ariza beruvchiga topshiriladi, ikkinchisi esa bosh boshqarmada qoladi.

Ruxsatnoma pulni bir marta olib chiqish huquqini beradi, sababi chiqib ketish chog`ida bojxonaga topshiriladi. Unda berilgan arizaga muvofiq summa qayd etiladi. Ruxsatnoma 3 oy davomida amal qiladi.

Ruxsatnomani rasmiylashtirganlik va berganlik uchun haq undirilmaydi.

Summa EKIHning 50 baravaridan ortiq bo`lgandagina deklarasiya to`ldiriladi

Naqd so`mni olib kirish-olib chiqishda deklarasiyalash zarurligi masalasi xuddi shu tartibda hal etiladi. Summa EKIHning 50 baravaridan oshmasa – deklarasiyalash kerak emas (olib kirishda ham, olib chiqishda ham, rezidentlar tomonidan ham, norezidentlar tomonidan ham). Rezidentlar EKIHning 50 baravaridan ortiq summani olib chiqayotganda butun summa yo`lovchi bojxona deklarasiyasida ko`rsatiladi.

Hujjat 12.03.2018 yildan kuchga kirdi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: