Главная » Futbol yangiliklari » Munozara: Ermatov finalni boshqaradimi?
Munozara: Ermatov finalni boshqaradimi?

Munozara: Ermatov finalni boshqaradimi?

  • Категории: Futbol yangiliklari
  • Название: Munozara: Ermatov finalni boshqaradimi?
  • Дата релиза: 10-07-14, 00:56
Munozara: Ermatov finalni boshqaradimi?
Kechadan boshlab o‘zbek
matbuotida ham, jahon
OAVlarida ham bitta mavzu
asosiy planga ko‘tarildi.
JCh — 2014 finalini kim
boshqaradi? Finalni
boshqarishga asosiy nomzod
kim? Stadion.uz jurnalistlari
Qahramon Aslanov va
Olimxo‘ja Bo‘ronov
o‘zbekistonlik referi Ravshan
Ermatovning finalni
boshqarish imkoniyatlarini ikki
xil rakursdan chamalab
ko‘rishadi.
Foto: abc7chicago.com
Qahramon Aslanov: “Men
finalga Ermatovni
tayinlamagan bo‘lardim”
Menimcha, FIFA Ravshan
Ermatovga final o‘yinini
boshqarishni topshirmaydi.
Hamyurtimizning o‘ziga
topshirilgan o‘yinlarda qanday
ishlayotgani bu bir masala,
boshqa tarafdan, baribir, u
haqida ikkiyoqlama fikrlar
bo‘laveradi. Men buni normal
deb hisoblayman. Ermatov
futboli rivojlanmagan qit’a va
chempionat vakili, biz
qanchalik ko‘z yummaylik, bu
faktorning juda muhim ekani
va qaror qabul qilishda
ahamiyat kasb etishidan ko‘z
yuma olmaymiz. Ermatov yana
o‘nta o‘yinda o‘z saviyasini
isbotlasin, lekin FIFAda bu
hadik doim bo‘ladi. Umuman,
ba’zi mutaxassislarning va
boshqa yurt vakillarining
Ermatovga mana shu jihatdan
e’tirozini to‘g‘ri tushunishimiz
kerak. U biz uchun Ermatov,
biz uchun qahramon,
boshqalar uchun, hech kim
bilmaydigan, o‘yinini hatto
o‘sha yurt vakillari ham
ko‘rmaydigan chempionatdan
kelgan hakamdir. “Qarang
zo‘r-ku” deb har qancha
ta’kidlamaylik, bu faktligicha
qoladi va yagona xato tufayli
unga mag‘zavalar ag‘darilishi
tabiiy.
Tasavvur qiling, biz uchun
muhim bir o‘yinda futboli
bizdan ancha past bo‘lgan yurt
hakami zararimizga xato
qilishi uyoqda tursin,
shunchaki, tayinlansa nima
bo‘lardi? Xuddi shu gapni biz
ham aytarmidik? Tan olaylik,
bir yevropalik uchun Ermatov
hech qachon Uebb yoki
Ritssoli bo‘la olmaydi.
Aytganimdek, hali maydonga
tushmay turib, Ermatovning
ulardan pasaytirib turadigan
katta bir o‘zgarmas asos
mavjud bo‘lib qolaveradi.
Yo‘q, men FIFAda Ermatovga
nisbatan ishonchsizlik bor,
demoqchi emasman. Muhim
o‘yinda biror yevropalik
hakamning qo‘pol xatosidan
ko‘ra, Ermatovning xatosi ikki
barobar ko‘proq
muhokamalarga sabab bo‘ladi
va bu holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri
FIFA ayblanadi. Ha, u jahon
chempionatlarini boshqarish
bo‘yicha rekordsmen, ammo
yevropalik hakamlar bir yilda
20—30 talab yuqori saviya va
tempdagi o‘yinlarni
boshqarayotgan bir paytda,
Ermatov har to‘rt yilda bu
imkoniyatni qo‘lga kirityapti
xolos. Bu juda jiddiy farq,
nazarimda.
FIFA qo‘l ostida saviya va
metodik tarafdan Ermatovdan
kam bo‘lmagan boshqa
hakamlar turib, aynan
hamyurtimizga finalni
topshirib, o‘ziga qo‘shimcha
bosim yuklab olishiga
ishonishim qiyin bo‘lyapti. Axir
xatolardan hech kim
kafolatlanmagan to‘g‘rimi?
FIFAning ehtiyotkor siyosatini
hozir ham payqash qiyin emas.
Birinchidan, hamyurtimizga
shu paytgacha topshirilib
kelgan o‘yinlarga e’tibor
qarating: tan olaylik, eng
murosasiz o‘yinlar hali shu
paytgacha berilmagan. Birgina,
JARdagi yarim finalni
eslashimiz mumkin va
ahamiyatli tarafi, o‘sha o‘yinda
Ermatov gol bilan bog‘liq
vaziyatda kichik xatoga yo‘l
qo‘ygan.
Bu safar FIFA yanada
ehtiyotkor bo‘lib oldi, hatto
qit’alar prinsipidan ham voz
kechdi. Yevropalik hakamlar
bemalol, qit’adoshlarining
boshqalar bilan o‘yinlarini
boshqarishmoqda. Bu
o‘zgarish Ermatovning
imkoniyatlarini keskin
kamaytirishi shubhasiz.
Nazarimda, FIFA Ermatovning
saviyasini juda yuqori
baholaydi, shu bilan birga,
katta o‘yinlarni topshirishdan
qo‘rqadi. Bu munosabatni
xaspo‘shlash niyatida
Ermatovga yengilroq va
oddiyroq o‘yinlardan ko‘p-ko‘p
berib, son jihatdan
rekordsmenga aylantirdi.
Qaysidir ma’noda, yuqori
saviyasi uchun taqdirlanishi
shart bo‘lgan hakamni unga
finalni berish orqali emas,
boshqa jihatdan e’tirofini
namoyish qilayotganga
o‘xshaydi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsam,
mening taxminim — Ravshan
Ermatovga uchinchi o‘rin
uchun bahs topshiriladi va
hamyurtimiz mundialda besh
o‘yinni boshqargan yagona
hakam bo‘ladi. Buyam katta
natija. Finalni esa yevropalik
hakam boshqaradi. Hamma
xursand, hamma jim.
(Albatta, bir o‘zbekistonlik
sifatida, fikrlarim oqibatda
noto‘g‘ri bo‘lib chiqishini chin
dildan istayman).
Olimxo‘ja Bo‘ronov:
“Ermatovning imkoniyati
yuqori”
Darhol aytaman, Ravshan
Ermatovning JCh — 2014
finalini boshqarishi ko‘p
jihatdan hal qiluvchi o‘yinga
qaysi jamoalar chiqishiga
bog‘liq. Finalga Yevropaning
ikkita jamoasi chiqsa, o‘yinga
katta ehtimol bilan yevropalik
hakam tayinlanadi.
Chempionlik jangida Janubiy
Amerikaning ikki terma ikki
jamoasi qatnashadigan bo‘lsa,
bu o‘yinni ham Yevropa yoki
KONMEBOL vakili boshqarishi
mumkin.
Finalga Yevropa va Janubiy
Amerika terma jamoalari
chiqadigan bo‘lishsa,
Ermatovning finalni
boshqarish imkoniyati juda
yuqori. Finalda esa bu ikki qit’a
vakili to‘qnash kelish ehtimoli
– 50/50. Germaniya —
Argentina yoki
Braziliya — Gollandiya.
Aytishingiz mumkin, “FIFA
hakamlarni tayinlashda qit’alar
prinsipiga amal qilmayapti-ku”
deya. To‘g‘ri, masalan, uzoqqa
bormaymiz, Gollandiya va
Argentina o‘rtasidagi yarim
final bahsini turkiyalik Junayt
Chaqir boshqarib boradi.
Ammo, unutmaslik kerakki, bu
final. Finalda barcha narsa
imkon qadar ideal darajada
bo‘lishi kerak. Hakamlar ham
inson, xatoga yo‘l qo‘yishi
mumkin. Yevropalik hakam
Yevropa jamoasi foydasiga
xato qilsa, FIFA katta bosim
ostida qolib ketadi. Neytral
qit’a hakamining xatosi esa
“ataylab” deya baholanmaydi.
Shu bois, shaxsiy fikrimcha,
finalni neytral qit’a hakami
boshqargani ma’qul.
Yana bir savol tug‘ilishi
mumkin? Ermatovning o‘zi
finalni boshqarishga
munosibmi? Axir u futboli
rivojlanmagan yurt vakili
bo‘lsa. Oliy liga saviyasi bilan
JCh finalini taqqoslab
bo‘lmaydi-ku, to‘g‘rimi? Bir
qarashda asosli fikr. Lekin
masalaga “ichkari”dan
yondashadigan bo‘lsak,
Ermatov bunday fikrni
allaqachon yo‘qqa chiqarib
bo‘lgan. Qanday qilib, buni
tushuntirib berishga harakat
qilaman.
Ma’lumki, FIFA har to‘rt yilda
bir marta bo‘ladigan JCh uchun
yuzdan ortiq hakamlarni
taxminan 2-yil davomida
saralab boradi. Bu vaqt
davomida hakamlar turli
tuman seminarlar orqali
jismoniy tayyorgarlik va
nazariy imtihonlardan
o‘tishadi. Bundan tashqari, JCh
o‘yinlarini boshqarishga
nomzod hakamlar FIFA
hakamlar qo‘mitasi bilan
internet orqali doimiy aloqada
bo‘lib, turli vazifalarni olishadi
va natijalarini FIFAga
jo‘natishadi. Hakamlar FIFA
rejasi asosida kundalik
jismoniy mashqlarni
bajarishadi (ikki kun
shug‘ullanishadi, bir kun dam
olishadi). Mashg‘ulotga
kirishishdan oldin hakamlar
o‘z badanlariga organizmning
ishlashini, yurakning urishini
o‘ziga yozib oladigan
“datchik” o‘rnatishadi. Bu
qurilma organizm olayotgan
yuklamaning qay darajada
bo‘layotganini yozib boradi.
Mashg‘ulotdan keyin ushbu
qurilmadagi ma’lumotlar
kompyuterga tushiriladi va
FIFAga yuboriladi. FIFA
hakamlar qo‘mitasi ushbu
ma’lumotlarni tahlil qilib,
xulosa chiqarib boradi.
Ermatov esa mashg‘ulotni
rejadan ortiq bajarsa bajaradi-
ki, kam shug‘ullanmaydi. U
dam olish uchun tog‘li
hududlarga chiqqanda ham
mashg‘ulotni aslo kanda
qilmaydi.
Ikkinchidan, FIFA hakamlar
uchun maxsus sayt yaratgan
va referilar vaqti-vaqti bilan
ushbu saytda berilayotgan
video-testlardan o‘tib
turishadi. Ravshan Ermatov
bunday nazariy imtihonlarni
doimo yuqori baholarga
topshiradi. U bir oyda bir
marta topshiriladigan
majburiy testlar bilan
cheklanib qolmasdan, yana
ixtiyoriy ravishda juda ko‘p
test mashqlarini yechadi.
Ushbu natijalarning barchasi
FIFA hakamlar qo‘mitasida
yig‘ilib boradi.
Qisqa qilib aytganda, Ermatov
— “a’lochi talaba”. JCh esa
“talabalar” uchun imtihon.
Butun dunyo hakamlarga ana
shu “imtihon” orqali baho
berayotganda, FIFA har bir
hakamning qilgan mehnatini,
nimalarga qodirligini
chuqurroq biladi. Ermatov
O‘zbekiston chempionatini
boshqarsa-da, u jismoniy va
nazariy tayyorgarlik
mashqlarini JCh finali
darajasida bajaradi. Har kuni,
har doim. U shu paytgacha
JChning 9 ta o‘yinini yuqori
saviyada boshqardimi,
o‘ninchisini ham boshqarishga
tayyor.
Hamyurtimizning finalni
boshqarishga munosib
ekaniga menda shubha yo‘q.
Yuqorida aytib o‘tganimdek,
finalga qaysi jamoalar
chiqishiga ko‘p narsa bog‘liq.
Ravshan Ermatovning yana bir
yutug‘i shundaki, u finalga
qaysi jamoalar chiqishidan
qat’i nazar o‘yinga tayinlanishi
mumkin. Unga to‘sqinlik
qiladigan hech narsa yo‘q. U
OFK vakili, yarim finalda esa
Osiyodan jamoalar qolmagan.
Nimaga endi UYeFA hakami
Yevropa jamoasi ishtirokidagi
o‘yinni boshqarishi mumkinu,
Ermatov Yevropa yoki Janubiy
Amerikaning ikki jamoasi
o‘rtasidagi o‘yinni
boshqarmasligi kerak?
Kecha FIFA qolgan 4 ta o‘yinni
boshqarish uchun nomzod
bo‘lgan 15 ta hakamlar guruhi
ro‘yxatini e’lon qilgan bo‘lsa-
da, final va 3-o‘rin uchun
bahsni boshqarish uchun
asosan 3 ta guruh qoldi.
Hakamlar soni 15 tani tashkil
etgani bilan aslida o‘yinlarni
boshqarish uchun 7 ta guruh
ajratib olindi, ya’ni 7 nafar
asosiy hakam bo‘lsa, yana 7
nafari zaxira hakami sifatida
qoldirildi (mezbon hakam ham
har ehtimolga qarshi
ro‘yxatdan chiqarilmadi).
Masalan, Ermatov guruhi
uchun Yuichi Nishimura zaxira
hakami vazifasini o‘taydi.
Qisqa qilib aytganda, “asosiy
guruh+zaxira hakami” prinsipi
asosida har bitta qit’adan
bittadan va Yevropadan 3 ta
guruh olib qolindi
(Okeaniyadan yo‘q). Yarim
finallarga KONKAKAF (Meksika
+AQSh) va UYeFA (Turkiya
+Shvetsiya) tayinlanishdi va
ular final bahsi uchun
nomzodlar safidan chiqishdi.
Afrika vakillari shunchaki
“siyosat” uchun ekanligi sir
emas. Final va 3-o‘rin uchun
o‘yinlarda KONMEBOL terma
jamoalari ishtirok etib qolsa,
janubiy amerikalik hakamlar
ham safdan chiqishadi.
Natijada Yevropaning ikkita
guruhi va Ermatov jamoasi
qoladi.
Shu bois, Ravshan Ermatov
JCh — 2014 da yana bitta
o‘yinni boshqarish ehtimoli
juda yuqori, finalni boshqarish
imkoniyati esa elikka-ellik.
Yuqorida aytganimdek, final
qit’alar bo‘yicha qanday juftlik
hosil qilishiga bog‘liq.
Demak, fikri ojizimcha, finalda
O‘zbekiston vakili bo‘lishi
uchun hal qiluvchi bahsda
Yevropa va Janubiy Amerika
jamoalari chiqishlari lozim.
Логин:
Пароль: