Главная » Futbol yangiliklari » Neymar og‘riq qoldiruvchi ukol yordamida final uchrashuviga tushishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi
Neymar og‘riq qoldiruvchi ukol yordamida final uchrashuviga tushishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi

Neymar og‘riq qoldiruvchi ukol yordamida final uchrashuviga tushishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi

  • Категории: Futbol yangiliklari
  • Название: Neymar og‘riq qoldiruvchi ukol yordamida final uchrashuviga tushishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi
  • Дата релиза: 08-07-14, 11:58
Neymar og‘riq qoldiruvchi ukol yordamida final uchrashuviga tushishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi
Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymarning holati yaxshilanib bormoqda. Agar mundial mezbonlari Germaniya to‘sig‘idan o‘tib, finalga yo‘l oladigan bo‘lsa, u finalda og‘riq qoldiruvchi ukol bilan maydonga tushishi mumkinligi xabar qilindi.

Bu haqda Neymarning holidan xabar olgani kelgan uning sobiq klubi — “Santos” shifokorlari ma’lum qilgan.

“Og‘riq qoldiruvchi ukol jarohat olgan umurtqa pog‘onasining tiklanishiga yordam bermaydi. Shu sababli braziliyalik hujumchi maydonga tushadigan bo‘lsa, jarohatini og‘irlashtirib qo‘yishi ham mumkin”, — deya ta’kidladi shifokorlar.

Futbolchining o‘zi va oila a’zolari agar Germaniya mag‘lub etilsa, ushbu masalani muhokama qilishga tayyor ekanliklarini ma’lum qilgan.
Логин:
Пароль: