Главная » Nokia yangi knopkali telefonni ishlab chiqardi
Nokia yangi knopkali telefonni ishlab chiqardi

Nokia yangi knopkali telefonni ishlab chiqardi

  • Категории:
  • Название: Nokia yangi knopkali telefonni ishlab chiqardi
  • Дата релиза: 15-04-14, 21:16
Nokia yangi knopkali telefonni ishlab chiqardi

Nokia kompaniyasi knopkali yangi Nokia 225 modelini taqdim etdi. Bu model sensorli bo‘lmagan telefonlar ichida eng kattasiga aylandi, deb yozadi Mobinfo.uz. Yangi telefon 320×240 pikselli, 2,8 dyuymli displeyga ega bo‘lib, og‘irligi 100 grammni tashkil etadi. Korpusining qalinligi esa 10,4 millimetrdan iborat.

Telefon videoga tushira oladigan 2 Megapikselli kamera va Bluetooth’ga ega. 32 Gigabaytgacha bo‘lgan microSD xotira kartasi uchun mo‘ljallangan slot, FM-priyomnik va oldindan o‘rnatilgan dasturlar (Nokia Xpress Browser, Facebook hamda Twitter) to‘plamiga ega.

Nokia 225 mobil telefoni ishlab chiqaruvchisining ishontirishicha, yangi modelga kutish rejimida 36 kun, so‘zlashish rejimida 21 soat va musiqa tinglaganda esa 49 soat ishlash imkoniga ega batareya o‘rnatilgan.

Yangi telefon qizil, yashil, sariq, qora va oq rangli korpuslarda bo‘ladi. Xabarda aytilishicha, telefonning ikki SIM-kartali versiyasi ham chiqariladi. Telefon narxi qariyb 40 yevroni tashkil etadi.


 

Логин:
Пароль: