Главная » Futbol yangiliklari » “Norvich” – “Liverpul”. 23 turining ilk o'yinida 9ta gol urildi
“Norvich” – “Liverpul”. 23 turining ilk o'yinida 9ta gol urildi

“Norvich” – “Liverpul”. 23 turining ilk o'yinida 9ta gol urildi

  • Категории: Futbol yangiliklari
  • Название: “Norvich” – “Liverpul”. 23 turining ilk o'yinida 9ta gol urildi
  • Дата релиза: 24-01-16, 22:37
“Norvich” – “Liverpul”. 23 turining ilk o'yinida 9ta gol urildi

Angliya chempionatining 23-turini “Norvich” – “Liverpul” jamoalari bahsi ochib berdi.

Bu o'yinda muxlislar hisob bo'yicha quvlashmachoqqa guvoh bo'lishdi.

O'yinda dastlab, 18 daqiqada "Liverpul"ning braziliyalik legioneri Firmino hisobni ochdi.

Lekin mezbonlar "Liverpul" darvozaboni Simon Minolening xatolari tufayli birinchi bo'limni o'z foydalariga hal qilishdi. 29 daqiqada Mbokani turning eng chiroyli goliga da'vogar bo'ladigan gol bilan hisobni tenglashtirgan bo'lsa, 41 daqiqada jamoaning yangi a'zosi Neysmit "Norvich"ni hisobda oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi taym mezbonlar ustunligida boshlandi va 54 daqiqada Moreno Neysmitga qo'pollik ishlatishi tufayli o'yin hakami mehmonlar darvozasiga 11 metrlik jarima zarbasi belgiladi. Xulaxan hisobni 3:1 ko'rinishiga keltirdi.

Lekin oradan bir daqiqa o'tib, "Liverpul" sardori Xenderson qanotdan Firmino uzatgan to'pni darvozaga joylab, hisobni qisqartirdi. 63 daqiqada esa Firmino o'yindagi ikkinchi golini urib, hisobni tenglashtirdi - 3:3.

75 daqiqada Yurgen Klopp shogirdlari matonat ko'rsatib, to'rtinchi golni urishdi. Bu gol jamoa etakchilaridan biri Jeyms Milner hisobiga yozildi - 3:4.

Bu esa o'yinning so'nggi daqiqalari o'ta shiddatli kechishini ta'minladi. Mezbonlar o'yinga qo'shib berilgan uchinchi daqiqada hisobni tenglashtirishdi. Bassong jarima zarbasidan keyin raqib jarima maydonidagi sarosimdan foydalandi - 4:4.

Lekin mersisaydliklar iroda ko'rsatishda davom etishdi va 95 daqiqada yana hisobda oldinga chiqishdi. O'yinning yakuniy hisobi Adam Lallana tomonidan o'rnatildi - 4:5.

Bu g'alabadan keyin "Liverpul" hisobidagi ochkolar soni 34taga etdi va jamoa ettinchi o'ringa ko'tarildi. "Norvich" esa 23 ochko bilan "xavfli hudud" yaqinida turibdi - 16 o'rin.

"Norvich" – "Liverpul" – 4:5 (2:1)

Gollar: 0:1 – 18 Firmino, 1:1 – 29 Mbokani, 2:1 – 41 Neysmit, 3:1 – 54, penalti Xulaxan, 3:2 – 55 Xenderson, 3:3 – 63 Firmino, 3:4 – 75 Milner, 4:4 – 90 Bassong.
 Norvich – Radd, Bassong, Martin, Pintu, Dorrans, Breydi, Xauson, Xulaxan (Olsson, 70), Redmond (Jarvis, 70), Neysmit (Djerom, 82), Mbokani.
 Liverpul – Minole, Ture, Moreno (Kolker, 90), Klayn, Sako, Milner, Djan, Ayb (Lallana, 59), Xenderson (Benteke, 76), Firmino, Leyva.
 Ogohlantirish: Lallana (90).

Логин:
Пароль: