Главная » Yangiliklar » O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 1 fevral kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?
O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 1 fevral kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 1 fevral kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 1 fevral kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?
  • Дата релиза: 01-02-19, 01:08
O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 1 fevral kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?
QO'Y (21. 03 — 20. 04)

Bugun romantik kayfiyatda bo'lasiz. Buyoqda esa ishlaringiz boshingizdan oshib toshadi. Bundan tashqari muammolar ham yetarlicha bo'lishi kutilmoqda. Ularni esa yolg'izlikda bartaraf eta olmaysiz. Bularning barchasi sizni yolg'iz qolishga unday boshlaydi. Lekin yolg'iz qolib ham kutilgan natijaga erisha olmaysiz. Oila davrasida bo'lishingiz lozim. Ro'zg'ordagi muammolarni ijobiy hal etish uchun masalaga real munosabatda bo'lishingiz talab etiladi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)


1 fevrada jiddiy xatolarga yo'l qo'ymaslik uchun tafakkuringizga suyanishingiz kerak bo'ladi. Ishda tashabbuskor bo'lishingiz talab etiladi. Shunda harakatlaringiz zoe ketmaydi. Kun davomida o'zgalarning muammolarini ham bartaraf etishda ko'mak berishingizga to'g'ri keladi. Ammo ehtiyot bo'ling. O'zingizga tegishli muammolar o'lda-jo'lda qolib ketmasin. Bugun sizga moliyaviy inqiroz soya solmaydi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Atrofdagilar bilan muloqot hamda safarlar oyog'ingizdan olishi mumkin. Shaxsiy hayotingizga vaqtingiz qolmasligi kutilmoqda. Shuning uchun ommaviy tadbirlar hamda romantik uchrashuvlardan voz keching. Yo'lini topa olsangiz, ancha oldin miyangizga kelgan ishingiz bilan bog'liq yangi g'oya haqiqatga aylanishi mumkin. Do'stlaringizni yo'l qo'ygan kamchiliklari uchun tanqid ostiga olmang. Bu katta janjallarga sababchi bo'ladi.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

1 fevral kuni emotsiyangiz sizga bo'ysunmay xunob qilishi mumkin. Arzimagan ko'ngilsizlik ham sizga kuchli ta'sir eta boshlaydi. Bugun qo'shimcha bilimlar olish, bilim sandig'ingizni to'ldirish kabilar muvaffaqiyatli kechadi. Kechqurun oilasizlarni romantik lahzalar kutib turadi. Hoynahoy, qaergadir borasiz-u, yo'l-yo'lakay bir inson bilan tanishasiz. Tanishuv ko'p kutdirmay, romantikaga aylanadi. Kechqurungi odatga amal qilgan holda albatta toza havoda sayr qiling.


ARSLON (24. 07 — 23. 08)


O'zingizga nisbatan adolatli bo'ling. Shunday adolatli bo'lingki, birovlar yurish-turishingizdan, gap — so'zlaringizdan nuqson topa olmasin. Azaliy orzularingizdan birini haqiqatga aylantirish uchun qalbingizga quloq tuting. Oilasizlar yon berishga moyil bo'lsalar, ularni yoqimli lahzalar qurshab oladi. Shunda bo'lg'usi juftingiz sizga kutilmagan sovg'a taqdim etadi. Salomatligingizni ehtiyot qiling.


PARIZOD (24. 08 — 23. 09)


1 fevralda istak va iroda kuchining hiqildog'idan oling. Ular sizni omad-u, muvaffaqiyatlar sari yetaklab boradi. O'zingiz hali yaxshi tanimaydigan odamlar bilan sirlashishdan saqlaning. Oila qurmaganlar favqulodda romantik lahzalarga oshno tutinishlari kutiladi. Bu sizga ham yoqimli emotsiya hadya etadi, ham kichik muammolarni ko'ndalang qiladi. Muammo esa siz romantikaga nisbatan yetarlicha qaynoq munosabatda bo'la olmasligingiz tufayli yuzaga kelishi mumkin.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)


Bugun nafaqat asab tizimingiz, balki jismoniy holatingizning ham qadriga yeting. Ularni asrab-avaylang. Agar og'irdan-og'ir ishga ro'baro' kelsangiz ham, xotirjamlikka keng o'rin bering. Kun davomida qarindoshlardan birini kasalxonaga olib borish, dori-darmonlar sotib olish, xasta va yoshi ulug' qondoshlardan xabar olish bilan band bo'lasiz. Moddiy ahvolingiz ajoyib kechadi. Demak, mayda-chuyda xaridlardan cho'chimasangiz ham bo'ladi.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)


1 fevral kuni moliya, ezgu maqsadlarga yetish yo'lida ishlaringiz besh bo'ladi. Atrofdagilar bilan faol muloqot qiling. Yangi tanishuvlardan o'zingizni olib qochmang. Nikohdan o'tish, to'y va unashtirish marosimlari bugun muvaffaqiyatli kechadi. Bundan tashqari, yo'l qo'yilgan gunohlar uchun tavbalar qilish ham xayrli kechishi mumkin. Salomatlikka jiddiy e'tibor bering. Qishning sovuq kunlarida issiq kiyinib ko'chaga chiqishni unutmasligingiz talab etiladi.

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)


Bugun kunning birinchi yarmida shunday axborotga ega bo'lasizki, undan har qanday ishni bajarishda unumli foydalana olasiz. Bu biznes, madaniyat, reklama, adabiyotshunoslik kabilar bo'lishi mumkin. Axborot barcha jabhada sizga omad hadya etadi. Sizdan ma'naviy ko'makchi qidirib topish talab qilinadi xolos. Ko'makchi sizga bugun suv va havodek zarur. Kechqurun ayrimlarni mehmonga taklif etishlari mumkin. Spirtli ichimlik ichmasligingiz tavsiya qilinadi.


TOG' EChKISI (22. 12 — 20. 01)

1 fevral kuni mabodo xotirangiz mustahkam bo'lmasa, har bir qilinajak ishni, rejani daftarga yoza boring. Qarama-qarshi jins vakili yoki vakilasi tarafidan sizning sha'ningizga yog'diriladigan olqishlar va ko'ngil izhorlari sizga bir olam kuch va g'ayrat hadya etadi. Faqat taltayib ketmasangiz bas. Kechqurun yaqinlaringiz davrasida xotirjamlikni qo'ldan bermang. Ba'zilar bosh og'rig'i, qon bosimi sakrashidan bezovtalanishi mumkin. O'zingizni ehtiyot qiling.

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)


Kuningiz mayda-chuyda ishlarni, muammolarni hal etish, qandaydir g'alati, noqulay vaziyatlardan chiqib ketishga urinish bilan o'tadi. Daromadlar xarajatlardan kamroq bo'lishi kutilmoqda. Shu sababli do'kon yo bozorga tushganda, tejamkor bo'ling. Agar fantaziyangiz kuchliligini his eta boshlasangiz, uni ishda emas, muhabbatda harakatga keltiring. Aks holda bu qaysar fantaziyaning dastidan tanqid ostida qolib ketishingiz hech gap emas. Kechqurun og'ir hazm bo'luvchi taomlar iste'molidan tiyiling.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

1 fevralda aqliy mehnat kishilarining kuni tug'adi. Muvaffaqiyatlar ketidan muvaffaqiyatlar yog'ilib kelib xonadoningizni to'ldiradi. Jismoniy mehnatning yaqiniga ham bormang. U nafaqat organizmingiz zo'riqishiga sababchi bo'ladi, daromad masalasini ham izdan chiqaradi. Shaxsiy hayotingizda sokinlik hukm suradi. Yaqinlaringizga nisbatan adolatli bo'ling. Yoshi ulug' va xasta qondoshlar holidan xabar oling.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi
Manba: Hordiq.uz
Логин:
Пароль: