Главная » Yangiliklar » O`zbekiston dunyoning eng xavfsiz davlatlari reytingidan o`rin oldi
O`zbekiston dunyoning eng xavfsiz davlatlari reytingidan o`rin oldi

O`zbekiston dunyoning eng xavfsiz davlatlari reytingidan o`rin oldi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: O`zbekiston dunyoning eng xavfsiz davlatlari reytingidan o`rin oldi
  • Дата релиза: 17-06-18, 17:04
O`zbekiston dunyoning eng xavfsiz davlatlari reytingidan o`rin oldi
Gellap (Gallup) Xalqaro tadqiqot markazi xavfsizlik bo`yicha o`tkazgan navbatdagi so`rovi natijalarini e`lon qildi.

“Global qonun va tartib” (Global Law and Order) so`rovida qatnashgan shaxslardan tunda ko`chada yurganda o`zlarini xavfdan xoli his qilishlari yoki yo`qligi hamda jinoyat qurboni bo`lgan-bo`lmaganliklari haqida so`ralgan.

So`rov natijalariga ko`ra, Singapur dunyodagi eng xavfsiz davlatdir. Eng xavfli davlat esa, Venesuela ekanligi aniqlangan.

So`rovda 142 davlat va hududda yashovchi 148 ming odam ishtirok etgan. Qatnashuvchilardan mahalliy polisiyaga bo`lgan ishonch, tundagi xavfsizlik, o`g`rilik, hamda oxirgi 12 oy ichida sodir bo`lgan talonchilik haqida so`ralgan.

O`zbekiston dunyodagi eng xavfsiz 5 davlat deb topilgan. O`zbekistondan oldingi o`rinlarda Singapur, Norvegiya, Islandiya va Finlyandiya joy olgan.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: