Главная » Yangiliklar » O`zbekiston Respublikasi oltin-valyuta zaxirasi rasman e`lon qilindi
O`zbekiston Respublikasi oltin-valyuta zaxirasi rasman e`lon qilindi

O`zbekiston Respublikasi oltin-valyuta zaxirasi rasman e`lon qilindi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: O`zbekiston Respublikasi oltin-valyuta zaxirasi rasman e`lon qilindi
  • Дата релиза: 18-01-18, 15:22
O`zbekiston Respublikasi oltin-valyuta zaxirasi rasman e`lon qilindi
2017 yil yakunlari bo`yicha O`zbekiston oltin-valyuta zaxirasi yil davomida 1,4 mlrd dollarga oshib, 26,6 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar qildi.

Ilk bor oltin-valyuta zaxirasi hajmi haqidagi ma`lumot 2017 yil noyabrida rasman e`lon qilingan edi. Markaziy bank raisining birinchi o`rinbosari Timur Ishmetov ular hajmi faqatgina kuz boshidan 750 mln dollarga ko`payib, 26 mlrd dollarni tashkil etganini ma`lum qilgan edi.

Banklarga naqd pul tushumi oshdi. Jumladan, 2017 yilning birinchi yarmida bank kassalari orqali naqd pul aylanmasi bir oyda o`rtacha 4,8 trln so`mni tashkil etib, 900 mlrd so`m miqdordagi naqd pul emissiya qilingan bo`lsa, yilning ikkinchi yarmida bu ko`rsatkich qariyb 2 barobarga ortib, 9,4 trln so`mga etdi, jumladan 2017 yilning dekabrida 2,3 barobarga ko`tarilib, 11 trln so`mgacha etdi. Bunda naqd puldagi daromad va xarajatlar o`rtasidagi muvozanat ta`minlangan.

Pul-kredit sohasidagi islohotlar ham tijoriy banklar faoliyatiga ijobiy ta`sir ko`rsatdi. Jumladan, bank aktivlari va kredit qo`yilmalari hajmi 2 barobarga oshib, mos ravishda 166,6 trln so`m va 110,6 trln so`mni tashkil etdi. 2017 yil yakunlari bo`yicha tijoriy banklarda jami depozitlar hajmi 58,7 trln so`mga etib, 2016 yil bilan taqqoslanganda 61 foizga ko`paydi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: