Главная » Yangiliklar » O`zbekistonda dizel yonilg`isi 12 foizga qimmatlashdi
O`zbekistonda dizel yonilg`isi 12 foizga qimmatlashdi

O`zbekistonda dizel yonilg`isi 12 foizga qimmatlashdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: O`zbekistonda dizel yonilg`isi 12 foizga qimmatlashdi
  • Дата релиза: 07-03-18, 22:01
O`zbekistonda dizel yonilg`isi 12 foizga qimmatlashdi
Vazirlar Mahkamasining 28 fevraldagi 149-son qarori bilan dizel yonilg`isi va EKO dizel yonilg`isining yagona chakana narxlariga tegishli o`zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.

Joriy yilning 1 martidan quyidagi yagona chakana narxlar joriy etildi:

- dizel yonilg`isi — 1 litri uchun 4600 so`m miqdorida (12,1 foizga qimmatlashdi);

- EKO dizel yonilg`isi — 1 litri uchun 4700 so`m miqdorida (11,9 foizga qimmatlashdi).

Qarorga muvofiq, dizel yonilg`isi ushbu narxlarda to`g`ridan-to`g`ri shartnomalar bo`yicha, shu jumladan, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini etishtiruvchilar va avtomobillarga yonilg`i quyish shoxobchalariga iste`mol solig`ini hisobga olgan holda sotiladi. Xususan, paxta xom ashyosi va boshoqli don etishtiruvchilar sotib oladigan YoMM uchun 100 foiz oldindan to`lovni amalga oshiradi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: