Главная » Yangiliklar » O`zbekistonda go`sht narxi nega ko`tarilmoqda? Iqtisodiyot vazirligi izoh berdi
O`zbekistonda go`sht narxi nega ko`tarilmoqda? Iqtisodiyot vazirligi izoh berdi

O`zbekistonda go`sht narxi nega ko`tarilmoqda? Iqtisodiyot vazirligi izoh berdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: O`zbekistonda go`sht narxi nega ko`tarilmoqda? Iqtisodiyot vazirligi izoh berdi
  • Дата релиза: 04-02-18, 18:17
O`zbekistonda go`sht narxi nega ko`tarilmoqda? Iqtisodiyot vazirligi izoh berdi
O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi mamlakatda go`sht narxining oshish sabablariga aniqlik kiritdi.

Ta`kidlanishicha, viloyatlar va tumanlarda chorvachilik mahsulotlarini etishtirish va qayta ishlash komplekslarining etarli darajada rivojlanmagani, fermer va dehqon xo`jaliklarining mahsuldor chorva mollari bilan ta`minlanmagani hamda mahsuldor chorva mollarini etishtirish sohasidagi ilmiy izlanishlarning etishmasligi go`sht va go`sht mahsulotlari narxining oshib ketishiga olib kelmoqda.

Ozuqa-em mahsulotlarini etishtirish uchun er maydonlarining etishmasligi, erlarning sho`rlanishi, ozuqa-em mahsulotlari tannarxining yuqoriligi, realizasiya qilishdagi “vositachilar”ning ko`pligi ham go`sht mahsulotlari narxining qimmatlashuviga sabab bo`lmoqda.

Ma`lumot uchun: 2017 yilda mol go`shti 35,9 foizga, qo`y go`shti – 31,4 foizga, parranda go`shti – 33,1 foizga oshgan.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: