Главная » Yangiliklar » O`zbekistonda haydovchilar qoidabuzarlikning qaysi turini eng ko`p sodir etmoqda?
O`zbekistonda haydovchilar qoidabuzarlikning qaysi turini eng ko`p sodir etmoqda?

O`zbekistonda haydovchilar qoidabuzarlikning qaysi turini eng ko`p sodir etmoqda?

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: O`zbekistonda haydovchilar qoidabuzarlikning qaysi turini eng ko`p sodir etmoqda?
  • Дата релиза: 17-04-18, 08:48
O`zbekistonda haydovchilar qoidabuzarlikning qaysi turini eng ko`p sodir etmoqda?
O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining matbuot xizmatidan O`zAga taqdim etilgan ma`lumotga ko`ra, 2-15 aprel kunlari respublika avtomobil yo`llarida 263 yo`l-transport hodisasi sodir etilgan. Oqibatda 274 nafar fuqaroga tan jarohati etkazilgan.

O`tgan 2 hafta davomida yo`l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan jami 182 ming 583 qoidabuzarlik aniqlangan.

Yo`l harakati xavfsizligi xodimlari qoidabuzarliklar turini tahlil qilgan. Ma`lum bo`lishicha, qayd etilgan qoidabuzarliklarning eng ko`pi xavfsizlik kamarini taqmaslik bilan bog`liq holatda kuzatilgan. Xususan, 2-15 aprel kunlari 36 ming 380 haydovchi xavfsizlik kamarini taqmasdan harakatlanganda to`xtatilgan. Ro`yxatda belgilangan tezlik talabini buzgan 28 ming 240 haydovchi 2-o`rinni egallagan. Uchinchi o`rinni odam tashish qoidasini buzgan haydovchilar band etib turibdi. Bu holat bilan bog`liq 24 ming 820 qoidabuzarlik aniqlangan.

O`tgan 2 haftada 3 ming 735 mast holda avtomobil boshqargan haydovchi to`xtatilgan. 2 ming 238 haydovchi svetofor va chorrahalardan o`tish qoidasiga amal qilmagan, 1 ming 683 haydovchi harakat vaqtida telefon orqali gaplashib ketayotgan bo`lgan, 677 haydovchi transport vositasining oynalarini me`yoridan ortiqcha qoraytirgan.

Xabarda barcha qoidabuzarlarga nisbatan ma`muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli choralar ko`rilgani aytilgan.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: