Главная » Yangiliklar » O`zini tabib qilib ko`rsatgan buxorolik traktorchi 500 ming dollar ishlab topdi
O`zini tabib qilib ko`rsatgan buxorolik traktorchi 500 ming dollar ishlab topdi

O`zini tabib qilib ko`rsatgan buxorolik traktorchi 500 ming dollar ishlab topdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: O`zini tabib qilib ko`rsatgan buxorolik traktorchi 500 ming dollar ishlab topdi
  • Дата релиза: 27-04-17, 22:55
O`zini tabib qilib ko`rsatgan buxorolik traktorchi 500 ming dollar ishlab topdi
Buxoro viloyati Olot tumani Burjoq qishlog`ida traktorchi sifatida faoliyat yuritgan Qahramon Po`latov tezda boyib ketish ilinjida firibgarlikka qo`l urdi. Bu haqda O`zbekiston bosh prokuraturasining “Huquq” nashri xabar bermoqda.

Qahramon Po`latov qozog`istonlik tanishi yordamida Butunjahon psixologlari, shifokorlari va xalq tabobati uyushmasi a`zosining soxta sertifikati, Qozog`iston sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan boshqa diplom va guvohnomalarni qo`lga kiritgan. Mazkur soxta hujjatlar yordamida Po`latov o`zining jinoiy faoliyatiga rafiqasi, o`g`li, qizi va bir necha hamshiralarni jalb qilgan.

“Qo`li engil tabib” haqidagi mish-mishlar butun viloyatga, hatto qo`shni Turkmaniston va Qozog`istonga ham tarqaldi. “Tabib” bir kunda 130 nafar bemorni qabul qilar, ularning har biridan 10 ming so`m pul olar edi.

2016 yilda Po`latov “Po`latov Qahramon Ziyonur” xususiy tashkilotiga asos soldi. Turli xildagi mahsulotlarni kassa apparatisiz sotish orqali Po`latov 131 million so`m ishlab topdi. Shu tarzda, 2012-2015 yillarda “tabib” oilasi 1 mlrd 872 ming so`m miqdorida daromad topdi. Noqonuniy yo`l bilan topilgan pullar evaziga Qahramon Po`latov “Neksiya”, “Spark”, “Lasetti”, “Damas” va “TTZ-80-11” traktorini hamda 76 million 300 ming so`mga 54 bosh qoramol sotib oldi.

Jinoyat ishlari bo`yicha Buxoro viloyati sudi qaroriga ko`ra, Qahramon Po`latov eng kam oylik ish haqining 150 baravari miqdorida jarima to`lashi kerak bo`ladi. Shuningdek, u sakkiz yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: