Главная » Futbol yangiliklari » O‘zbekiston U-16 terma jamoasi Osiyo chempionati oldidan Avstraliya o‘smirlar termasiga mag‘lub bo‘di
O‘zbekiston U-16 terma jamoasi Osiyo chempionati oldidan Avstraliya o‘smirlar termasiga mag‘lub bo‘di

O‘zbekiston U-16 terma jamoasi Osiyo chempionati oldidan Avstraliya o‘smirlar termasiga mag‘lub bo‘di

  • Категории: Futbol yangiliklari
  • Название: O‘zbekiston U-16 terma jamoasi Osiyo chempionati oldidan Avstraliya o‘smirlar termasiga mag‘lub bo‘di
  • Дата релиза: 12-09-16, 12:30
O‘zbekiston U-16 terma jamoasi Osiyo chempionati oldidan Avstraliya o‘smirlar termasiga mag‘lub bo‘di
15-sentabr, payshanba kuni start oladigan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun Hindistonga jo‘nab ketgan O‘zbekiston U-16 terma jamoasi Goa shahrida avstraliyalik tengdoshlari bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar bermoqda. Foto: O‘FF matbuot xizmati Kecha, 11-sentabr kuni O‘zbekiston U-16 termasi Avstraliya o‘smirlariga qarmi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushib, 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Temur Olimxo‘jayev boshchiligidagi jamoa safida gollarga Humoyun Abdusattorov hamda Abubakr Mo‘ydinov mualliflik qildi. Ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Osiyo chempionati final bosqichining “D” guruhidan o‘rin olgan. Ushbu guruhda ularga Tailand, Shimoliy Koreya va Yaman jamoalari qarshilik qiladi. O‘zbekistonlik futbolchilar turnirni 17-sentabr kuni Tailandga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasining Osiyo chempionati guruh bosqichidagi o‘yinlari taqvimi: 17-sentabr. O‘zbekiston – Tailand (19:30); 20-sentabr. Yaman – O‘zbekiston (15:30); 23-sentabr. KXDR – O‘zbekiston (18:30). Izoh: O‘yinlar boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.
Логин:
Пароль: