Главная » Futbol yangiliklari » O'zbekiston U-16 xalqaro turnirdagi ishtirokini yakunlab Toshkentga qaytib keldi
O'zbekiston U-16 xalqaro turnirdagi ishtirokini yakunlab Toshkentga qaytib keldi

O'zbekiston U-16 xalqaro turnirdagi ishtirokini yakunlab Toshkentga qaytib keldi

  • Категории: Futbol yangiliklari
  • Название: O'zbekiston U-16 xalqaro turnirdagi ishtirokini yakunlab Toshkentga qaytib keldi
  • Дата релиза: 27-07-14, 18:15
O'zbekiston U-16 xalqaro turnirdagi ishtirokini yakunlab Toshkentga qaytib keldi
Aleksandr Mochinov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi 15-25 iyul kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida o'tkazilgan xalqaro turnirdagi ishtirokini yakunladi va 26 iyul kuni tongda Toshkentga qaytib keldi. Ta'kidlash joiz, Mochinov shogirdlari turnirdagi so'nggi o'yinida mahalliy «Istanbulspor» klubining U-17 o'smirlar jamoasiga qarshi maydonga tushdi. O'yin O'zbekiston U-16 o'smirlarining ustunligida o'tdi va yakunda Mochinov shogirdlari raqibini 7:1 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi.

Avvalroq xabar berganimizdek, O'zbekiston U-16 o'smirlar termasi turnirdagi ilk o'yinida Saudiya Arabistoni o'smirlariga qarshi o'ynagan va mag'lubiyatga uchragan edi. Ikkinchi o'yinda Qatar U-16 o'smirlariga qarshi to'p surgan o'zbekistonlik o'smirlar 1:1 hisobida durang o'ynashdi. Turnirdagi uchinchi o'yinda esa, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi iordaniyalik o'smirlarga 0:3 hisobida mag'lub bo'lishgan edi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi shu yilning 6-20 sentyabr kunlari Tailandda bo'lib o'tadigan U-16 Osiyo Chempionati final bosqichida ishtirok etadi.
Логин:
Пароль: