Главная » Futbol yangiliklari » O‘zbekiston U-19 ikkinchi o‘yinda Albaniya bilan durang o‘ynadi
O‘zbekiston U-19 ikkinchi o‘yinda Albaniya bilan durang o‘ynadi

O‘zbekiston U-19 ikkinchi o‘yinda Albaniya bilan durang o‘ynadi

  • Категории: Futbol yangiliklari
  • Название: O‘zbekiston U-19 ikkinchi o‘yinda Albaniya bilan durang o‘ynadi
  • Дата релиза: 20-08-14, 22:42
O‘zbekiston U-19 ikkinchi o‘yinda Albaniya bilan durang o‘ynadi

Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston U-19 terma jamoasi Turkiyaning Istanbul shahrida Albaniya U-19 yoshlariga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi va 0:0 hisobi bilan durang o‘ynadi. Bu haqda Uff.uz xabar bermoqda.

 Avvalroq xabar berilganidek, O‘zbekiston U-19 terma jamoasi 17-avgust kuni o‘tkazilgan ilk uchrashuvda Albaniya yoshlarini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi.

 Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi shu yilning 9—23-oktabr kunlari Myanma mamlakatida o‘tkaziladigan Osiyo Chempionati final bosqichida ishtirok etadi.

Логин:
Пароль: