Главная » Futbol yangiliklari » O'zbekiston U-19 terma jamoasini Armanistonga Ilhom Mo'minjonov olib boradi
O'zbekiston U-19 terma jamoasini Armanistonga Ilhom Mo'minjonov olib boradi

O'zbekiston U-19 terma jamoasini Armanistonga Ilhom Mo'minjonov olib boradi

  • Категории: Futbol yangiliklari
  • Название: O'zbekiston U-19 terma jamoasini Armanistonga Ilhom Mo'minjonov olib boradi
  • Дата релиза: 05-06-14, 15:35
O'zbekiston U-19 terma jamoasini Armanistonga Ilhom Mo'minjonov olib boradi
O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi 9 iyun kuni navbatdagi yig'inini o'tkazish uchun Armaniston poytaxti Erevanga uchib ketadi.

1995 va undan keyingi yillarda tug'ilgan O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi 12 va 14 iyun kunlari Erevanda Armaniston U-19 yoshlar terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishi haqida avvalroq ma'lumot bergan edik.

Shu paytgacha O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lib kelgan Sergey Lushan 3 iyun kuni Toshkentning «Bunyodkor» klubiga bosh murabbiy etib tayinlangach, O'zbekiston U-19 terma jamoasi bosh murabbiyligi vazifasidan ozod etilgan edi. O'zbekiston yoshlar terma jamoasini Armanistonga yoshlar terma jamoasi katta murabbiyi Ilhom Mo'minjonov murabbiy sifatida olib ketadi.

O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasining yangi bosh murabbiyi nomi yaqin kunlar ichida e'lon qilinadi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi oktyabr oyida Myanmada tashkil etiladigan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati bahslariga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Musobaqa final bosqichida O'zbekistonning yosh futbolchilari «V» guruhida Avstraliya, BAA va indoneziyalik tengqurlariga qarshi bahs olib boradi.
Логин:
Пароль: