Главная » Futbol yangiliklari » O'zbekiston U-22 yoshlar terma jamoasi Xitoyda yig'in o'tkazadi
O'zbekiston U-22 yoshlar terma jamoasi Xitoyda yig'in o'tkazadi

O'zbekiston U-22 yoshlar terma jamoasi Xitoyda yig'in o'tkazadi

  • Категории: Futbol yangiliklari
  • Название: O'zbekiston U-22 yoshlar terma jamoasi Xitoyda yig'in o'tkazadi
  • Дата релиза: 05-06-14, 15:35
O'zbekiston U-22 yoshlar terma jamoasi Xitoyda yig'in o'tkazadi
Shuhrat Maqsudov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-22 yoshlar terma jamoasi 21 va 23 iyun kunlari Xitoy U-22 yoshlar terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazadi.

O'zbekiston U-22 yoshlar terma jamoasi 17 iyun kuni Toshkentda yig'iladi va 19 iyun kuni navbatdagi yig'inini o'tkazish uchun Xitoyga uchib ketadi. Shuhrat Maqsudov boshchiligidagi yoshlar terma jamoasi Xitoyda bir hafta davomida yig'in o'tkazadi va yig'in davomida Xitoy U-22 yoshlar terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik-nazorat uchrashuvida maydonga tushadi. Mazkur uchrashuvlar 21 va 23 iyun kunlari o'tkaziladi. Har ikkala uchrashuv ham Shanxay shahrida o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Ta'kidlash lozim, U-22 yoshlar o'rtasidagi navbatdagi Osiyo Chempionati saralash bahslari 2015 yilning mart oyida o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Логин:
Пароль: