Главная » Yangiliklar » O‘zbekistonda 2017-yilda o‘rtacha oylik ish haqi 12,3 foizga o‘sdi
O‘zbekistonda 2017-yilda o‘rtacha oylik ish haqi 12,3 foizga o‘sdi

O‘zbekistonda 2017-yilda o‘rtacha oylik ish haqi 12,3 foizga o‘sdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: O‘zbekistonda 2017-yilda o‘rtacha oylik ish haqi 12,3 foizga o‘sdi
  • Дата релиза: 16-02-18, 09:24
O‘zbekistonda 2017-yilda o‘rtacha oylik ish haqi 12,3 foizga o‘sdi
O‘tgan yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekistonda nominal hisoblangan o‘rtacha oylik ish haqi 2016-yil bilan taqqoslaganda 12,3, yollanma xodimlar daromadlari esa 12,8 foizga o‘sdi.

Bu haqda hukumat, Kasaba uyushmalari federatsiyasi va Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida bosh kelishuv doirasida oshirilgan ishlar sarhisobiga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilindi, deya xabar beradi O‘zA.
Qo‘shma yig‘ilishda 2017-yil mobaynida kasaba uyushmalari organlari va mehnat inspeksiyalari tomonidan xodimlarning oylik ish haqi o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar qabul qilingani qayd etildi. Ish beruvchilar tomonidan mehnat haqining eng kam miqdori standartlariga rioya etilishi ustidan davlat va jamoat nazorati o‘rnatildi. Bu miqdorning mehnatga haq to‘lash bo‘yicha Yagona tarif setkasining 1 razryadi stavkasidan kam bo‘lmasligi bo‘yicha nazorat olib borildi.

Kasaba uyushmalari tomonidan qariyb 6700 tashkilotning ish faoliyati o‘rganilib, ularning 354 tasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi. Aksariyat xo‘jalik sub’ektlarida jamoa-shartnomaviy hujjatlar orqali ish haqi fondining tarif qismi oshirilishiga erishildi.

2017-yilda mehnat resurslari soni 18 million 672,5 ming kishini tashkil etib, bu borada 2016-yilga nisbatan 183,6 mingtaga o‘sish kuzatildi. Band aholining 17,3 foizini davlat sektorida mehnat qilayotganlar, 82,7 foizini esa nodavlat sektorida faoliyat ko‘rsatayotganlar tashkil etdi.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: