Главная » “O‘zbeknavo”da “Sumalak shou"
“O‘zbeknavo”da “Sumalak shou

“O‘zbeknavo”da “Sumalak shou"

  • Категории:
  • Название: “O‘zbeknavo”da “Sumalak shou"
  • Дата релиза: 12-04-14, 14:58
“O‘zbeknavo”da “Sumalak shou"

"O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tashabbusi bilan 11-aprel kuni poytaxtimizning "Al aziz” restoranida mashhurlarning "Sumalak shou”si tashkil etildi.

"Al aziz”ning yozgi qismida qozonda sumalak qaynamoqda. Estradamizning mashhur yulduzlari esa birma-bir qozon kovlab, eng ezgu tilaklarini aytish bilan ovora. O‘zbekiston xalq artistlaridan tortib, yosh va taniqli yulduzlargacha tashrif buyurgan "Sumalak shou” kuy-qo‘shiq va raqsga ulanib ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.

Oybek va Nigora ham birinchilar qatorida qozondagi sumalakni kovlashga tushishdi. O‘choq balandligi uchunmi yoki Nigoraning bo‘yi pastligi pand berganidanmi, xullas Nigoraga kovlash jarayoni ancha mushkul kechdi. Biroq xonanda shahdidan qaytgani yo‘q...

Nigoraning shijoatiga qarang hech kimga navbat bergisi ham yo‘q shekilli...

Aktrisa Shahzoda Muhammedova ham eng ezgu tilaklarini ayta turib, hamkasblarini yordamga chaqirdi. Biroz vaqtdan so‘ng esa qizlar jam bo‘lib, liq to‘la sumalak qozoni ustida turib jonli qo‘shiq kuylashga o‘tdilar.

Birozdan so‘ng Anvar Sobirov va Mahmud Namozov ham qozon oldida bir zumda paydo bo‘ldi-yu, xotin-qizlar qo‘lidan kovlagichni olib, ular ham ezgu niyatlarini aytishga o‘tdilar.

Sumalak tayyor bo‘lgach hozirlangan sahnada emas, aksincha qozon atrofi va oldida aylanib raqsga tushishga o‘tdilar. Mazkur tadbir haqiqiy "yulduzlar sumalak shou”siga aylanib ketdi.

Sumalak bazmida "O‘zbeknavo” estrada birlashmasi Madaniyat va Sport ishlari vazirining o‘rinbosari – "O‘zbeknavo” estrada birlashmasi Bosh direktori Ahmedov Bahodir Majidovich so‘zga chiqib, mazkur tadbirni o‘tkazishni an’ana tusiga aylantirish lozimligi xususida gapirib o‘tdi.

Shuningdek, bugungi kunda shou-biznes olamining nihoyatda gurkirayotganing bosh omili - yurtimiz tinch, xalqimiz osoyishta turmush kechirayotganidan darak ekanligini ham ta’kidladi.

Xullas, "Sumalak shou” bundan so‘ng har yili aprel oyining 11-sanasida o‘tkaziladigan bo‘ldi. Negaki, mart oyida tadbir va bayramlar ketma-ketligi sabab, barcha san’atkor va xonandalar el xizmatida bo‘lishadi-da.


 

Логин:
Пароль: