Главная » Yangiliklar » Olimlar insoniyat tez orada inqirozga yuz tutishini bashorat qildi
Olimlar insoniyat tez orada inqirozga yuz tutishini bashorat qildi

Olimlar insoniyat tez orada inqirozga yuz tutishini bashorat qildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Olimlar insoniyat tez orada inqirozga yuz tutishini bashorat qildi
  • Дата релиза: 18-01-18, 15:29
Olimlar insoniyat tez orada inqirozga yuz tutishini bashorat qildi
Amerika va Britaniya olimlari AQSh Milliy fanlar akademiyasi uchun rasmiy axborot taqdim etib, unda Yerdagi hayot odam va boshqa sut emizuvchilar uchun qachon yaroqsiz holatga kelishini ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

O‘z maqolasida mutaxassislar energiya iste’molining o‘sishi tufayli muqarrar bo‘lgan iqlim o‘zgarishlari xavfli ekanligini ta’kidlaydi, hatto issiqxona gazlarining atmosferaga chiqishi qisqartirilgan taqdirda ham, energiya sarfi o‘sishda davom etadi. Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, 2100-yilga kelib, aholi soni o‘sishi kamaysa-da, 2200—2400-yillarga keliboq, butun dunyoda harorat hayvonlar yashashi uchun yaroqsiz bo‘lib qoladi.

Shuningdek, olimlar sivilizatsiya inqiroziga olib kelishga qodir boshqa xavflarni ham ko‘rsatib o‘tdi. Ular orasida “Yadroviy qish”, pandemiya, Yerning asteroidlar bilan to‘qnashuvi, shuningdek, sun’iy aql yaratilishining noma’lum oqibatlari ham bor.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: