Главная » Yangiliklar » Olimlar tana hujayralarida qarish genlarini topdi
Olimlar tana hujayralarida qarish genlarini topdi

Olimlar tana hujayralarida qarish genlarini topdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Olimlar tana hujayralarida qarish genlarini topdi
  • Дата релиза: 07-03-18, 22:05
Olimlar tana hujayralarida qarish genlarini topdi
Xalqaro olimlar guruhi mutatsiyasi miya qarishini tezlashtiruvchi genlar guruhi va genlarni o‘zgartiruvchilarni identifikatsiya qildi. Bu haqda MedicalXpress press-relizida ma’lum qilindi.

Markaziy asab tizimi hujayralari muntazam o‘lib, tana hujayralarining bo‘linishi natijasida yangi neyronlar yuzaga keladi. Yosh o‘tishi bilan DNK faolligining o‘zgarishi tufayli neyronlarning holati yomonlashadi.

Tadqiqotchilar sichqonlarda keksayish bilan bog‘liq 250 dan ortiq genni aniqladi. Jumladan keksa hayvonlarda Dbx2 geni faollashadi.

Tadqiqotchilarning so‘zlariga qaraganda, keksayish kemiruvchilar miyasiga qanday ta’sir qilishini tushunish tana hujayralari faolligi pasayishini aniqlash usullarini ishlab chiqishga yordam beradi.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: