Главная » Futbol yangiliklari » Osiyo kubogi-2015. Raqiblarimiz.Saudiya Arabistoni BAAga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazadi
Osiyo kubogi-2015. Raqiblarimiz.Saudiya Arabistoni BAAga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazadi

Osiyo kubogi-2015. Raqiblarimiz.Saudiya Arabistoni BAAga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazadi

  • Категории: Futbol yangiliklari
  • Название: Osiyo kubogi-2015. Raqiblarimiz.Saudiya Arabistoni BAAga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazadi
  • Дата релиза: 21-05-14, 13:43
Osiyo kubogi-2015. Raqiblarimiz.Saudiya Arabistoni BAAga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazadi
Kelasi yilning yanvar oyida Avstraliyada bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogi-2015 musobaqasiga tayyorgarlik ko'rayotgan bir qator terma jamoalar o'zlarining o'rtoqlik uchrashuvlari dasturini tuzib chiqishda davom etishmoqda.

Avstraliyadagi musobaqada O'zbekiston terma jamoasi bilan bir guruhdan joy olgan Saudiya Arabistoni, 4 va 7 noyabr kunlari BAA termasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazishga kelishib oldi. Mazkur o'yinlar Saudiya Arabistonida bo'lib o'tishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, ispaniyalik mutaxassis Xuan Lopes bosh murabbiylik qilayotgan Saudiya Arabistoni terma jamoasi may oyida ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. Har ikkala o'rtoqlik uchrashuvi ham Ispaniyaning Xeres shahrida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Dastlab, 24 may kuni Moldova terma jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushsa, 30 may kuni Gruziya terma jamoasiga qarshi uchrashuv o'tkaziladi.
Логин:
Пароль: