Главная » Yangiliklar » Oylik ish haqining bir kuni shanbaliklarga ushlanib qolinishi to`g`rimi?
Oylik ish haqining bir kuni shanbaliklarga ushlanib qolinishi to`g`rimi?

Oylik ish haqining bir kuni shanbaliklarga ushlanib qolinishi to`g`rimi?

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Oylik ish haqining bir kuni shanbaliklarga ushlanib qolinishi to`g`rimi?
  • Дата релиза: 05-02-18, 16:01
Oylik ish haqining bir kuni shanbaliklarga ushlanib qolinishi to`g`rimi?
Mehnat haqidan ushlab qolish xodimning yozma roziligi bilan, bunday rozilik bo`lmagan taqdirda esa, — sudning qaroriga asosan amalga oshirilishi mumkin. Bu haqda Adliya vazirligining ijtimoiy tarmoqdagi kanalida xabar berildi.

Quyidagi hollarda xodimning roziligidan qat`i nazar, mehnat haqidan ushlab qolinadi:

belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to`lovlarni undirish uchun;
sudning qarorlari va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish uchun;
ish haqi hisobiga berilgan avansni ushlab qolish uchun hamda hisob-kitobdagi xatolar natijasida ortiqcha to`langan summani qaytarib olish uchun;
hisobidan xodim ta`til olib bo`lgan ish yili tugamasdan turib mehnat shartnomasi bekor qilinganda, — ta`tilning ishlanmagan davrga tegishli kunlari uchun;
xodim tomonidan ish beruvchiga etkazilgan zararni qoplash uchun, agar etkazilgan zararning miqdori xodimning o`rtacha oylik ish haqidan ortiq bo`lmasa;
intizomiy jazo sifatida qo`llanilgan jarimani undirish uchun.

Yuqoridagi holatda oylik ish haqidan ushlab qolinishi uchun yozma rozilik talab etiladi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: