Главная » Yangiliklar » Pavel Durov Telegram bloklanishi sababli rossiyaliklarning hayoti yomonlashishini aytdi
Pavel Durov Telegram bloklanishi sababli rossiyaliklarning hayoti yomonlashishini aytdi

Pavel Durov Telegram bloklanishi sababli rossiyaliklarning hayoti yomonlashishini aytdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Pavel Durov Telegram bloklanishi sababli rossiyaliklarning hayoti yomonlashishini aytdi
  • Дата релиза: 17-04-18, 08:50
Pavel Durov Telegram bloklanishi sababli rossiyaliklarning hayoti yomonlashishini aytdi
Telegram’ning blokirovka qilinishi sababli rossiyaliklarning hayot sifati yomonlashadi, terrorizmning ustidan esa g‘olib chiqib bo‘lmaydi, deya ma’lum qilgan Telegram asoschisi Pavel Durov. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Tadbirkorning fikricha, terrorchilar messenjerda muloqot qilishni davom ettiradi, shunchaki boshqa messenjerlar yoki VPN’dan foydalanadi. Shuningdek, u Telegram’dan foydalanib bo‘lmaslik sababli rossiyaliklarning hayot sifati yomonlashadi, deb hisoblaydi.

Durovning ta’kidlashicha, rossiyaliklar WhatsApp kabi boshqa messenjerlardan foydalangani sababli ularning xavfsizligi tahdid ostida qoladi. U Telegram “rossiyaliklarning yozishmalar sirini salqashda davom etishini” qo‘shimcha qilgan.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: