Главная » Futbol yangiliklari » «Paxtakor» va «Olmaliq» O'zbekiston Kubogi chorak finaliga yo'l oldi
«Paxtakor» va «Olmaliq» O'zbekiston Kubogi chorak finaliga yo'l oldi

«Paxtakor» va «Olmaliq» O'zbekiston Kubogi chorak finaliga yo'l oldi

  • Категории: Futbol yangiliklari
  • Название: «Paxtakor» va «Olmaliq» O'zbekiston Kubogi chorak finaliga yo'l oldi
  • Дата релиза: 26-05-14, 16:58
«Paxtakor» va «Olmaliq» O'zbekiston Kubogi chorak finaliga yo'l oldi
«Paxtakor» va «Olmaliq» O'zbekiston Kubogi-2014 chorak final yo'llanmalarini qo'lga kiritishdi.

Har ikkala jamoa nimchorak final bosqichining javob o'yinida yirik hisobdagi g'alabalarni qo'lga kiritishdi. Olmaliqliklar o'z maydonida «Qizilqum»ni 6:0 hisobida tor-mor keltirgan bo'lsa, «Paxtakor» futbolchilari «Qo'qon-1912» darvozasiga javobsiz to'rtta gol urishdi.

Nimchorak final bosqichining qolgan javob o'yinlari 26 va 27 may kunlari o'tkaziladi.

O'zbekiston Kubogi, nimchorak final, javob uchrashuvlari

25 may, yakshanba

«Paxtakor» (Toshkent) – «Qo'qon-1912» (Qo'qon) – 4:0. 3953 tomoshabin.
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), B. Kuchkarov (Qirg'iziston), V. Serazetdinov (Toshkent)
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).
Gollar: A. Merzlyakov (9), S. Andreev (59), V. Kozak (63), A. Soliev (89).
Ogohlantirish: M. Xolmuhamedov («Paxtakor», 65).
Birinchi uchrashuv – 0:0.

«Olmaliq» (Olmaliq) - «Qizilqum» (Navoiy) – 6:0 5107 tomoshabin.
Hakamlar: D. Pislegin (Toshkent), B. Qodirov (Buxoro), A. Kuldashev (Buxoro), V. Agishev (Toshkent)
Nazoratchi: V. Valitskiy (Toshkent).
Gollar: Z. Polvonov (8), Sh. Hakimov (39, penalti), D. Abibullaev (46, 63), S. Jo'raev (70), A. Usmonov (81, avtogol).
Ogohlantirishlar: I. Akramov (45+1), O. Jo'raboev (65) – F. Qambarov (20), E. Boymatov (35), G'. Jumaev (84).
Chetlatish: S. Shodmonov («Qizilqum», 42).
Birinchi uchrashuv – 1:2.
Логин:
Пароль: