Главная » Qirg‘izistonda o‘ta yuqori havo harorati tabiiy yong‘inlarni keltirib chiqardi
Qirg‘izistonda o‘ta yuqori havo harorati tabiiy yong‘inlarni keltirib chiqardi

Qirg‘izistonda o‘ta yuqori havo harorati tabiiy yong‘inlarni keltirib chiqardi

  • Категории:
  • Название: Qirg‘izistonda o‘ta yuqori havo harorati tabiiy yong‘inlarni keltirib chiqardi
  • Дата релиза: 26-08-14, 15:18
Qirg‘izistonda o‘ta yuqori havo harorati tabiiy yong‘inlarni keltirib chiqardi

Qurg‘oqchilik va haddan tashqari jazirama Qirg‘iziston hududida o‘rmon va tog‘ yong‘inlarini keltirib chiqardi. So‘nggi sutkalar ichida 27 ta yong‘in qayd etildi, deya xabar berdi “Noviy vek” nashri respublika favqulodda vaziyatlar vazirligiga tayanib.

 Qirg‘iziston gidrometeorologiya markazi xabariga ko‘ra, 24-avgust, yakshanba kuni respublika hududida harorat bo‘yicha rekord o‘rnatilgan — termometr ustuni soyada 39 darajani ko‘rsatgan. Sinoptiklar seshanba kuni respublikada harorat biroz pasayishini, biroq 29-avgustdan keyin jaziramaning yana bir to‘lqini kutilishini bashorat qilmoqda.

 FVV gidrometeorologiya agentligi mahalliy hukumat organlarini yong‘inning oldini olish tadbirlarini o‘tkazishga chaqirmoqda. “Qurg‘oqchilik sentabr oyida ham davom etishi kutilmoqda, shu tufayli mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari, o‘rmon xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi vazirligi xodimlari, ayniqsa ehtiyot bo‘lishi kerak”, — dedi agentlik direktori Zarilbek Itiboyev.

 Respublika hududi bo‘ylab yong‘inlar sodir bo‘lish hollari xabar berilmoqda. So‘nggi sutkalar davomida 29 ta yong‘in bo‘linmalari yong‘inlarni bartaraf etishda qatnashgan.

 Vazirlik haddan tashqari yuqori havo harorati odamlar salomatligiga zarar yetkazishi haqida ogohlantirib, fuqarolardan kuchli zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmaslikni so‘ramoqda.

 Shuningdek, Qirg‘iziston OAVlari baliq xo‘jaliklaridagi ko‘l va havzalar sayozlanishi natijasida baliqlar nobud bo‘layotganini xabar qildi.

Логин:
Пароль: