Главная » Yangiliklar » Respublika hududiga kiritilayotgan 822 kg pirotexnika vositalari to'xtatildi

Respublika hududiga kiritilayotgan 822 kg pirotexnika vositalari to'xtatildi

Ayni paytda respublika hududiga sifat va xavfsizlik standartlariga javob bermaydigan maishiy pirotexnika vositalari kirib kelishining oldini olish yo`nalishida bojxonachilar tomonidan doimiy tezkor tadbirlar olib borilmoqda.

Jumladan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Keles” temir yo`l chegara-bojxona postida Davlat xavfsizlik xizmati Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo`mita xodimlari bilan hamkorlikda respublikamizga qo`shni davlatdan kirib kelgan yuk poezdi vagonlarini bojxona ko`rigidan o`tkazish davomida yirik miqdordagi pirotexnika vositalarining noqonuniy olib kirilishi oldi olindi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Tezkor tadbir davomida vagonlarga yo`l-yuk kuzatuv hujjatlarida umuman qayd etilmagan 822 kilogramm og`irlikdagi pirotexnika vositalari ortilganligi ma`lum bo`ldi.

Go`yoki egasiz tarzida olib kirishga urinilgan 6 nomdagi 16 ming 448 dona pirotexnika vositalarining umumiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra 164 million so`mdan oshmoqda.

Bundan tashqari ushbu vagonda 13 nomdagi 1 ming 300 donadan ortiq sifati kafolatlanmagan dori-darmonlar hamda 15 nomdagi 497 dona parfyumeriya vositalari ham noqonuniy ravishda olib kirilayotganligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan dastlabki bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda
Manba: Darakchi.uz



Новости «Respublika hududiga kiritilayotgan 822 kg pirotexnika vositalari to'xtatildi»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]