Главная » Yangiliklar » Reyting: “Istiqlol” san’at saroyidagi qish va bahorning eng qimmat konsert dasturlari
Reyting: “Istiqlol” san’at saroyidagi qish va bahorning eng qimmat konsert dasturlari

Reyting: “Istiqlol” san’at saroyidagi qish va bahorning eng qimmat konsert dasturlari

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Reyting: “Istiqlol” san’at saroyidagi qish va bahorning eng qimmat konsert dasturlari
  • Дата релиза: 13-02-18, 14:08
Reyting: “Istiqlol” san’at saroyidagi qish va bahorning eng qimmat konsert dasturlari
Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida konsertlar mavsumi davom etmoqda. Jurnalist Feruz Muhammad san’at saroyida bo‘lib, chiptalarning kassadagi narxlari asosida eng qimmat konsertlar reytingini tuzdi.

8-o‘rin. Shukrullo Isroilov konsert dasturi

Qiziqchi Shukrullo Isroilov 27—29-aprel kunlari o‘zining navbatdagi konsert dasturini taqdim etadi. Dasturning eng arzon chiptasi 10 ming so‘m, eng qimmati esa 100 ming so‘m qilib belgilangan.

7-o‘rin. “Handalak” guruhi, Zulayho Boyxonova, Dildora Niyozova, G‘ulomjon Yoqubovlarning konsert dasturlari

24—25-fevralda “Handalak” guruhining konsert dasturi bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston xalq artisti G‘ulomjon Yoqubovning konsert dasturi 1— 2-mart kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. O‘zbekiston xalq artisti Zulayho Boyxonovaning konsert dasturi esa 7—8-mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Dildora Niyozovaning konsert dasturi 25—26-aprel kunlari bo‘lib o‘tadi. Mazkur konsert dasturlarining eng arzon chiptasi 15 ming so‘m, eng qimmati esa 100 ming so‘m qilib belgilangan.

6-o‘rin. “Sharq” guruhi, Bunyodbek Saidov hamda Jenisbek Piyazovning konsert dasturlari

“Sharq” guruhi 13-aprel kuni o‘zining yakkaxon dasturini taqdim etadi. O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist Jenisbek Piyazovning dasturi 21-aprel kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Xonanda Bunyodbek Saidovning konsert dasturi 17—18-aprel kunlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu dasturlarning eng arzon kirish chiptasi 10 ming so‘m, eng qimmati esa 120 ming so‘m qilib belgilangan.

5-o‘rin. Xonanda Alisher Fayz konserti

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Alisher Fayzning 9—13-may kunlari bo‘ladigan konsert dasturiga kirish narxi 10 ming so‘mdan boshlanib, 150 ming so‘mgacha yetadi.

4-o‘rin. Xonanda Shohruhxon konserti

Xonanda Shohruhxonning konserti 9—13-fevral kunlari bo‘lib o‘tmoqda. Chiptalar narxi — eng arzoni 15 ming so‘m, qimmati — 150 ming.

3-o‘rin. Xonanda Rayhon hamda “Rizanova 2018” gala konserti

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyevaning konsert dasturi 19—23-fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. “Rizanova 2018” gala konserti esa 15—16-fevral kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Mazkur dasturlarning chipta narxi quyidagicha — eng arzon chipta 20 ming so‘m, eng qimmat chipta esa 180 ming so‘m.

2-o‘rin. Yulduz Usmonovaning konsert dasturi

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning 10—24-mart kunlari bo‘lib o‘tadigan dasturining eng arzon chiptasi 25 ming so‘mdan, eng qimmati esa 250 ming so‘mdan sotilmoqda.

1-o‘rin. Grigoriy Leps konserti

Grigoriy Leps faqat bir kun — 27-fevralda konsert beradi. Konsertga eng arzon chipta — 120 ming so‘m, eng qimmati esa 2 million so‘m.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: