Главная » Futbol yangiliklari » Ro'ziqul Berdiev: “Bizda g'alabaga bo'lgan ishtiyoq kuchli edi”
Ro'ziqul Berdiev: “Bizda g'alabaga bo'lgan ishtiyoq kuchli edi”

Ro'ziqul Berdiev: “Bizda g'alabaga bo'lgan ishtiyoq kuchli edi”

  • Категории: Futbol yangiliklari
  • Название: Ro'ziqul Berdiev: “Bizda g'alabaga bo'lgan ishtiyoq kuchli edi”
  • Дата релиза: 20-05-14, 12:05
Ro'ziqul Berdiev: “Bizda g'alabaga bo'lgan ishtiyoq kuchli edi”
“Nasaf” – “Bunyodkor” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida “qaldirg'ochlar” ustozi ishtirok etdi.

- Uchrashuv haqida to'liq fikr bildirish uchun uni video tasmasini qaytadan ko'rib chiqib kerak. Bugungi bahsda bizning jamoada charchoq alomatlari borligini yaqqol sezildi. Shuningdek, o'tkazib yuborilgan tezkor gol ham ko'p narsani o'zgartirib yubordi.

“Al-Hilol” bilan bo'lib o'tgan og'ir o'yindan keyin futbolchilar 2 sutka davomida yo'lda bo'lishdi. Toshkentga kelib, ma'lum vaqt uxlab olishdi va keyin poezdga o'tirib Qarshiga keldik. Futbolda taktika yoki texnika doim ham g'alaba omili bo'lavermaydi. Futbolchilarning o'yin kungi holati ham ko'p narsani belgilab beradi. Charchagan inson xato qiladi, extiroslarga beriladi. O'zini-o'zi boshqarolmay qoladi. Aynan shu jihat evaziga yutqazdik.

Bizda ham imkoniyatlar bo'ldi. Biroq standart vaziyatlaridan ko'ngildagidek foydalana olmadik. Darvozaga yakuniy zarba berilayotganida futbolchi e'tiborliroq va aniqroq o'ynashi kerak. Masalan, Simonenko “Al-Jaish”ga gol urgan vaziyatini eslang. Bugun u xuddi shunday holatda aniq o'ynay olmadi, - deydi Aleksandr Gennadevich.
Логин:
Пароль: