Главная » Futbol yangiliklari » Ronaldu maydonni ko`zda yosh bilan tark etdi
Ronaldu maydonni ko`zda yosh bilan tark etdi

Ronaldu maydonni ko`zda yosh bilan tark etdi

  • Категории: Futbol yangiliklari
  • Название: Ronaldu maydonni ko`zda yosh bilan tark etdi
  • Дата релиза: 21-09-18, 16:46
Ronaldu maydonni ko`zda yosh bilan tark etdi
“Yuventus” libosida ilk marta Chempionlar ligasi o`yinida maydonga tushgan Krishtianu Ronaldu maydonni ko`zida yosh bilan tark etdi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.

«Mestalya» stadionida «Valensiya» mehmoni bo`lgan «Yuventus» portugaliyalik yulduzning chetlatilishi va Sami Xediraning jarohat olib, maydonni tark etishiga qaramay, penaltidan kiritilgan 2 ta gol evaziga g`alaba qozonishning uddasidan chiqdi. 30-daqiqada «Yuventus» chap qanotdan navbatdagi hujumni amalga oshirdi.

Bu vaqtda maydon markazidan jarima maydonchasiga kirib kelayotgan Ronaldu va uni yopishga uringan «Valensiya» markaziy himoyachisi Jeyson Murilo o`rtasida kichik to`qnashuv bo`lib o`tdi. Hakamning qaroriga ko`ra, Ronaldu o`yinni tark etishga majbur bo`ldi. Ammo shunisi aniqki, o`yindagi natijadan ham ko`ra, Ronalduning qizil kartochka olishi muxlislar yodida uzoq vaqt saqlanib qoladigan bo`ldi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: