Главная » Yangiliklar » Rossiya estradasi malikasi Alla Pugachyova birgina konserti uchun millionlab rubl gonorar oladi…
Rossiya estradasi malikasi Alla Pugachyova birgina konserti uchun millionlab rubl gonorar oladi…

Rossiya estradasi malikasi Alla Pugachyova birgina konserti uchun millionlab rubl gonorar oladi…

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Rossiya estradasi malikasi Alla Pugachyova birgina konserti uchun millionlab rubl gonorar oladi…
  • Дата релиза: 01-02-19, 01:06
Rossiya estradasi malikasi Alla Pugachyova birgina konserti uchun millionlab rubl gonorar oladi…
Yaqinda Rossiyadagi «Vertolyotы Rossii» aksionerlik jamiyati bosh direktori Andrey Boginskiyning «Rosvertol» kompaniyasi rahbari Pyote Motrenko nomiga bitilgan maktubi internet saytlarda e'lon qilindi. Maktubda Boginskiy Motrenkodan Rossiya xalq artisti, estrada malikasi Alla Pugachyovaning konsertiga homiy sifatida 40 million rubl miqdorda mablag' ajratishni so'ragan.

Pugachyovaning rasmiy vakilasi Yelena Chuprakova ham bu maktub haqiqatan mavjudligini tasdiqladi. Vakilaning aytishiga ko'ra, kompaniya Pugachyovaning bitta konserti homiyligini o'z zimmasiga olgan. Biroq Pugachyova bu konsertdan qancha gonorar olishi mumkinligini sirligicha qoldirdi.

Eslatib o'tamiz, Alla Pugachyova o'zining 70 yillik yubileyi munosabati bilan shu yil 17 aprel kuni Kreml konsertlar zalida jonli konsert dasturini namoyish etadi.
Manba: Hordiq.uz
Логин:
Пароль: