Главная » Futbol yangiliklari » Rostov futbolchisi qatorasiga ikkinchi marta to'rtta o'yinga diskvalifikatsiya qilindi
Rostov futbolchisi qatorasiga ikkinchi marta to'rtta o'yinga diskvalifikatsiya qilindi

Rostov futbolchisi qatorasiga ikkinchi marta to'rtta o'yinga diskvalifikatsiya qilindi

  • Категории: Futbol yangiliklari
  • Название: Rostov futbolchisi qatorasiga ikkinchi marta to'rtta o'yinga diskvalifikatsiya qilindi
  • Дата релиза: 21-05-14, 23:13
Rostov futbolchisi qatorasiga ikkinchi marta to'rtta o'yinga diskvalifikatsiya qilindi
Rossiya chempionati doirasidagi «Rostov» hamda «Tom» jamoalari o'rtasidagi o'yinda rostovliklar yarim himoyachisi Kaku Gelor Kanga raqib futbolchisi Vladimir Rikovni turtib yuborgan va Rikov darvoza to'siniga borib urilgan edi. O'sha o'yinda Kanga qizil kartochka olib maydondan chetlatilgan.

Lekin Rossiya futbol ittifoqi bu bilan cheklanmadi. Kanga to'rtta o'yinda diskvalifikatsiya qilindi. Chempionat tugagani uchun bu jazo kelasi mavsum uchun tegishli bo'ladi. Ta'kidlash joizki, futbolchi aprelda «Terek»ga qarshi o'yinda ham o'zini yomon tutgani uchun to'rtta o'yinga diskvalifikatsiya qilingan edi. «Tom»ga qarshi o'yin jazodan qutulgach Kanganing birinchi o'yini edi.
Логин:
Пароль: