Главная » Yangiliklar » SAMARQANDDA SAKKIZ POLOSALI YO`LLAR PAYDO BO`LADI
SAMARQANDDA SAKKIZ POLOSALI YO`LLAR PAYDO BO`LADI

SAMARQANDDA SAKKIZ POLOSALI YO`LLAR PAYDO BO`LADI

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: SAMARQANDDA SAKKIZ POLOSALI YO`LLAR PAYDO BO`LADI
  • Дата релиза: 21-11-17, 21:45
SAMARQANDDA SAKKIZ POLOSALI YO`LLAR PAYDO BO`LADI
Ayni vaqtda Samarqand shahrida shaharning transport va ijtimoiy infratuzilmasini yaxshilash loyihalari ustida ish olib borilmoqda. Ayniqsa, markaziy ko`chalarni modernizasiyalash ishlari jadallik bilan bormoqda.

Avtomobillar oqimi ko`payganligi va yo`llarda tirbandliklar soni oshib borayotgani munosabati bilan ayni vaqtda Gulobod, Bo`ston Saroy, Ibn Sino, Vohid Abdulla ko`chalarini kengaytirish ustida ish olib borilmoqda.

Yo`llar chetlarida ekilgan eski daraxtlar ildizi bilan sug`urib tashlangan, ular o`rnini tez o`sadigan ko`rkam ko`chatlar egallashi rejalashtirilgan.

Xalqaro aeroport tomoniga keladigan bo`lsak, deb yozadi nashr, rejaga ko`ra, u erda sakkiz polosali yo`l tushishi belgilangan. Aeroport yo`li ikki yondan 16 metrga kengaytiriladi, natijada yo`l kengligi 32metrni tashkil qiladi.

Loyiha mualliflari so`zlariga ko`ra, avtomobil yo`llarining ikki yon qismlarida beton lotoklar o`rnatiladi. Shuningdek, piyodalar uchun yo`lakchalar ham barpo etiladi.

Qurilish ishlari jarayonida ko`plab archa daraxtlari nobud bo`lmoqda. Etakchi botaniklar o`tkazgan tadqiqotlarga ko`ra, Samarqand shahrida mavjud 6 mingga yaqin archa va chinor daraxtlaridan ikki mingdan ortig`i zararlangan bo`lib, talabga javob bermas ekan.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: