Главная » Futbol yangiliklari » Samvel Babayan: "Futbolchilar o'yinga e'tibor qaratishlari kerak"
Samvel Babayan:

Samvel Babayan: "Futbolchilar o'yinga e'tibor qaratishlari kerak"

  • Категории: Futbol yangiliklari
  • Название: Samvel Babayan: "Futbolchilar o'yinga e'tibor qaratishlari kerak"
  • Дата релиза: 21-05-14, 09:53
Samvel Babayan: "Futbolchilar o'yinga e'tibor qaratishlari kerak"
Samvel BABAYaN (“Paxtakor” menejeri): - Tezkor gol urdik, biroq o'z xatomiz tufayli tufayli to'p o'tkazib yubordik. Yosh futbolchilar shunday o'yinlarda tajriba to'plab borishadi. Oxirgi daqiqalarda o'zimizga zarur golni urishga erishdik. Bugun yigitlar g'alabaga loyiq o'yin ko'rsatishdi. Biz futbol o'ynash uchun maydonga tushdik.

Kaxining yo'qligi bilindi. U ayni paytda jamoamiz etakchilaridan biri. Gruziya terma jamoasi bosh murabbiyi Timuri Ketsbaya uning o'yinini kuzatgani kelmoqchi. Uni yig'inga taklif qilishdi, biroq hozir u yig'inga bora olmaydi. Shu sababli Ketsbaya yurtimizga kelib, Maxaradzening o'yinini ko'radi.

Futbolchilar maydonda muxlislarni o'ylashi va o'yin uchun maydonga tushishlari kerak. Ishqibozlar stadionga futbol ko'rgani kelishadi. Mehmonlar juda ko'p vaqtni yo'q qilishdi. O'yinni cho'zishga intilishlar futbolni chiroyli qilmaydi.
Логин:
Пароль: