Главная » Yangiliklar » San`atkorlar har yili Prezident nomidan rag`batlantirib boriladi
San`atkorlar har yili Prezident nomidan rag`batlantirib boriladi

San`atkorlar har yili Prezident nomidan rag`batlantirib boriladi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: San`atkorlar har yili Prezident nomidan rag`batlantirib boriladi
  • Дата релиза: 09-04-18, 13:55
San`atkorlar har yili Prezident nomidan rag`batlantirib boriladi
Milliy madaniyatimiz rivojiga katta hissa qo`shgansan`atkorlarni hamda o`zbek san`atini dunyo sahnalarida muvaffaqiyatli namoyish etib kelayotgan yoshlarni qo`llab-quvvatlash chora-tadbirlari to`g`risidagi Hukumat qarori (VMQ-271, 06.04.2018 y) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ushbu qaror bilan Milliy madaniyatimiz rivojiga katta xissa qo`shgan san`atkorlarni hamda o`zbek san`atini dunyo sahnalarida muvaffaqiyatli namoyish etib kelayotgan yoshlarni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan rag`batlantirish tartibi to`g`risida Nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko`ra:

- Milliy madaniyatimiz rivojiga katta xissa qo`shgan san`atkorlar hamda o`zbek san`atini dunyo sahnalarida muvaffaqiyatli namoyish etib kelayotgan yoshlar eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan moddiy rag`batlantiriladi va ularga mukofotlanganlik to`grisida sertifikat topshiriladi;

- Mukofotlashga, qoida tariqasida, quyidagi sohalarda faoliyat yuritayottan madaniyat sohasi vakillari tavsiya etiladi:

- kompozitor, bastakor va san`atshunoslar;

- teatr, kino va ommaviy tadbirlar aktyorlari, rejissyorlari;

- dirijyorlar, baletmeysterlar;

- musiqa, xor, raqs, sirk, orkestr, ansambl ijrochilari va ushbu jamoalarning badiiy rahbarlari;

- doston ijrochiligi namoyandalari;

- shoir va yozuvchilar;

- muzey hamda moddiy va nomoddiy madaniy meros ob`ektlarini muhofaza qilshs sohasida faoliyat ko`rsatayotgan xodimlar;

- tasviriy va amaliy san`at vakillari, dizaynerlar.

Mukofotlashga madaniyat sohasining boshqa yo`nalishlarida faoliyat yuritayotgan nomzodlar ham tavsiya etilishi mumkin.

Nomzodlarni tavsiya qilish va g`oliblarni aniqlash hududiy komissiyalar va respublika komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Mukofotlash marosimi har yili Toshkent shahrida Mustaqillik bayrami arafasida o`tkaziladi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: