Главная » Yangiliklar » Sardor Rahimxon Xitoy va AQShda konsert beradi
Sardor Rahimxon Xitoy va AQShda konsert beradi

Sardor Rahimxon Xitoy va AQShda konsert beradi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Sardor Rahimxon Xitoy va AQShda konsert beradi
  • Дата релиза: 20-05-14, 14:09
Sardor Rahimxon Xitoy va AQShda konsert beradi

Shu kunlarda internet tarmog‘i orqali O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxonning muxlislari Xitoyda ham ko‘payib bormoqda.

Bundan ilhomlangan xonanda shu yilning yoz oylarida Xitoy davlatining Urumchi shahrida konsert berish niyatida. Bundan tashqari, AQShning Nyu-York shahrida ham konsert dasturini taqdim etadi. Bu chet el safarlari va konsert dasturlaridan avval viloyatlik muxlislarini yangi konsert bilan xushnud etish uchun iyun oyida rejalashtirilgan Respublika bo‘ylab gastrol safarlarida bo‘ladi.

Shuningdek, yaqinda Sardor Rahimxon xonanda Shahzoda bilan birga Toshkent viloyatining Olmaliq va Bekobod shaharlarida "Xalqaro metallurglar kuni” munosabati bilan bo‘lib o‘tgan konsert dasturlarida ham faol ishtirok etdi.

Логин:
Пароль: