Главная » Yangiliklar » Shahlo Ahmedova nega Nadejda Babkinaga shogird tushdi?

Shahlo Ahmedova nega Nadejda Babkinaga shogird tushdi?

O`z uslubini yarata olgan yosh, iste`dodli xonanda Shahlo AHMEDOVA oxirgi kunlarda respublikamizning turli viloyatlari hamda qo`shni respublikalarda ijodiy safarlar bilan band bo`ldi. Darvoqe, u shu yil talabalar safiga qabul qilindi. Shahlo bilan shu mavzuda suhbatni boshlab, ijodiy yangiliklar va quloqqa chalingan ayrim mish-mishlar haqida gurunglashdik.

— Hozir sirtqi bo`limning birinchi kursida tahsil olyapman. Bu yil men uchun omadli keldi. Ijodimda yaxshi yangiliklar bo`ldi, o`zim istagan yo`nalishda o`qishga kirdim. Behad baxtiyorman!

— San`at yo`nalishida o`qishni istasangiz, o`zimizda ham sharoitlar etarli. Nega aynan GITISni tanladingiz?

— Bir necha yillar oldin O`zbekiston davlat konservatoriyasiga hujjat topshirdim. Ammo ijodiy imtihondan o`tolmadim. Negadir, menga past baho qo`yishdi. Vaholanki, imtihonga puxta tayyorlangandim. Nima sababdan imtihondan yiqildim, bilolmayman. Bu voqea menga juda qattiq ta`sir qildi. O`z iqtidorimga shubha qilib qolgan paytlarim ham bo`ldi. Biroq onam tushkunlikka tushib qolishimga qo`ymadilar. Bugun esa ortda qolgan voqealarni xotirlab, har narsaning bir hikmati bor ekan, deyman. Konservatoriyaga qabul qilishmaganidan so`ng biroz fursat o`tib, Moskva shahridagi san`at institutida o`qishga kirish fikri paydo bo`ldi. Bu safar yanada puxtaroq tayyorlandim.

— Xo`sh, u erdagi o`qitish uslubi sizga ma`qul bo`lyaptimi?

— Ha. GITISda badiiy rahbarimiz Rossiya xalq artisti Nadejda Babkina. Bu san`atkorning qo`lida tahsil olayotganim men uchun katta sharaf. Konservatoriyaga o`qishga kirolmaganimdan qattiq ranjigandim. Bari ortda qolgan bo`lsa-da, ijodiy imtihondan o`tolmaganim bejiz emas ekan, deb o`ylayman. Axir menga atalgani boshqa ekan-da.
Manba: Darakchi.uz



Новости «Shahlo Ahmedova nega Nadejda Babkinaga shogird tushdi?»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]