Главная » Yangiliklar » Shahzoda Matchonova «Markaziy Osiyoning eng yaxshi aktrisasi» nominasiyasida g`oliblik uchun kurashadi
Shahzoda Matchonova «Markaziy Osiyoning eng yaxshi aktrisasi» nominasiyasida g`oliblik uchun kurashadi

Shahzoda Matchonova «Markaziy Osiyoning eng yaxshi aktrisasi» nominasiyasida g`oliblik uchun kurashadi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Shahzoda Matchonova «Markaziy Osiyoning eng yaxshi aktrisasi» nominasiyasida g`oliblik uchun kurashadi
  • Дата релиза: 15-04-18, 14:48
Shahzoda Matchonova «Markaziy Osiyoning eng yaxshi aktrisasi» nominasiyasida g`oliblik uchun kurashadi
Aktrisa Shahzoda Matchonova «Ak Ilbirs» qirg`iz milliy mukofotining «Markaziy Osiyoning eng yaxshi aktrisasi» nominasiyasida g`oliblik uchun kurashadi, deb xabar bermoqda Kunutun nashri.

Unga bu muvaffaqiyatni Yolqin To`ychievning «Ma`suma» filmidagi roli olib keldi.

Mazkur mukofot 2012 yilda ta`sis etilgan bo`lib, 2017 yildan boshlab Markaziy Osiyodagi eng yaxshi aktyor va aktrisalar ham taqdirlanishni boshladi. O`tgan yili hamyurtimiz Feruza Saidova Zulfiqor Musoqovning «Hazonrezgi» filmidagi yaratgan obrazi uchun Markaziy Osiyoning eng yaxshi aktrisasi unvoniga loyiq deb topilgan edi.

2016 yilda esa Yolqin To`ychievning «Suv parilari uyi» kartinasi Markaziy Osiyoning eng yaxshi filmi nominasiyasida g`oliblikni qo`lga kiritgan.

«Ak Ilbirs»ning bu yilgi taqdirlash marosimi 27 aprel kuni Bishkek shahrida bo`lib o`tadi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: