Главная » Yangiliklar » Shahzoda uchun aktyorlardan qaysi biri ideal “turmush o`rtoq”?
Shahzoda uchun aktyorlardan qaysi biri ideal “turmush o`rtoq”?

Shahzoda uchun aktyorlardan qaysi biri ideal “turmush o`rtoq”?

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Shahzoda uchun aktyorlardan qaysi biri ideal “turmush o`rtoq”?
  • Дата релиза: 31-03-18, 14:46
Shahzoda uchun aktyorlardan qaysi biri ideal “turmush o`rtoq”?
Iste`dodli aktrisa Shahzoda Matchonova, jurnalist Sadoqat Allaberganovaning noodatiy savollariga javob berdi...

— Kinoda siz uchun ideal «turmush o`rtoq» bu – Adiz Rajabov, Farrux Soipov, Alisher Uzoqov, Abdujalil Mavlonov, Aziz Rametov…

— (Kuladi), aniq javob berishga qiynalyapman. Kinoda ideal “turmush o`rtoq” bo`lmaydi, nazarimda. Boisi qahramonlarimiz goh ijobiy, gohida salbiy qiyofada bo`ladi va turli ziddiyatli vaziyatlarda to`qnashamiz.

— Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetidan olgan diplomingiz chang bosib turibdimi yo o`z sohangizda ham ish boshlaganmisiz?

— To`g`ri, diplomim tokchada turibdi, lekin faxrli burchagida. Yurtimizdagi eng nufuzli bilim yurtlaridan biri – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida tahsil olganimdan va menga bilim bergan pedagoglar bilan faxrlanaman. O`sha bilimlarim hayotimda katta rol o`ynagan. Masalan, xalqaro festivallardagi suhbatlarda qaerda tahsil olganimni so`rashganida katta mamnuniyat bilan “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida!” deyman. Va atrofimdagilar shunday nufuzli universitetni tamomlagan talaba kino sohasiga qadam qo`yganidan xursand bo`lishadi. Diplomim garchi tokchada turgan bo`lsa-da, hayot yo`limda o`z izini qoldirishga ulgurdi.

— Usmonovaning «Kel ikkimiz» qo`shig`i klipidagi qahramoningizning prototipi aynan o`zingiz ekansiz?

— Bu haqda sira eshitmagan ekanman. Ishontirib aytolaman, taxminlar noto`g`ri. Boisi, klipdagi qahramonimning farzandi bor, meni turmushga chiqqanimga hali ko`p bo`lmadi.

— Turmush qurishingiz shunchalik gap-so`zlarga sabab bo`lishini hech o`ylaganmidingiz?

— Yo`q. Gap-so`z qilayotganlar menga hasad qilishyapti, xolos. Hech kimga yomonlikni ravo ko`rmagan va xafa qilmagan bo`lsam-da, turmushga chiqqanimdan so`ng negadir mish-mishlarga ko`mib tashlashdi. Ularning gaplariga endi bee`tiborman. Faqat unutishmasin, bu – qaytar dunyo! Muhimi, yaqinlarim qandayligimni bilishadi. Shaxsiy hayotimdan esa ko`nglim xotirjam!

— Butun hayotingiz tushga aylanib qolishini istarmidingiz?

— Aslo! Chunki hayotimdan to`la mamnunman, o`tmishimdan ham roziman! Hech qachon hech nima uchun afsuslanmaganman.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: