Главная » Yangiliklar » Skype’da nutqni haqiqiy vaqt rejimida tarjima qilish funksiyasi paydo bo‘ladi
Skype’da nutqni haqiqiy vaqt rejimida tarjima qilish funksiyasi paydo bo‘ladi

Skype’da nutqni haqiqiy vaqt rejimida tarjima qilish funksiyasi paydo bo‘ladi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Skype’da nutqni haqiqiy vaqt rejimida tarjima qilish funksiyasi paydo bo‘ladi
  • Дата релиза: 29-05-14, 13:38
Skype’da nutqni haqiqiy vaqt rejimida tarjima qilish funksiyasi paydo bo‘ladi

Microsoft korporatsiyasi o‘zining Skype servisi bazasida haqiqiy vaqt rejimida ishlaydigan tarjima funksiyasini ishlab chiqmoqda. Bu haqda kompaniya bosh direktori Satya Nadella Kaliforniyadagi matbuot anjumanida jurnalistlarga ma’lum qildi, deya xabar berdi “ITAR-TASS”.

Skype Translator (“Skayp tarjimon”) deb nom olgan funksiya foydalanuvchilarga 2014-yil oxirigacha Windows 8 operatsion tizimi beta-versiyasida havola etiladi.

Matbuot anjumanida Microsoft bosh direktori va Skype rahbari Gurdil Singx Pall servisning yangi imkoniyatlarini namoyish etdi. Nadella nemis tilida Pall bilan suhbatlashdi, Skype shu onning o‘zidayoq nutqni nemis tilidan ingliz tiliga yozma ravishda tarjima qilib berdi. Tarjima funksiyasi ayni paytda 40 ta til bilan ishlay oladi.
 

Логин:
Пароль: