Главная » Yangiliklar » Tadbirkorlarga eng kam ish haqining 1000 baravarigacha mikrokredit beriladi

Tadbirkorlarga eng kam ish haqining 1000 baravarigacha mikrokredit beriladi

Hukumat qarori bilan “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki faoliyatini tashkil etish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali ma`lum qildi.

Endilikda mikrokreditlar tadbirkorlikni boshlash va rivojlantirish (kengaytirish), shu jumladan, ishlab chiqarishni texnologik jihozlash va modernizasiya qilish uchun zamonaviy texnologik uskunalar va texnikalar sotib olishga, shuningdek, aylanma mablag`larni to`ldirishga beriladi.

Mikrokreditlar tadbirkorlikni rivojlantirish (kengaytirish) va aylanma mablag`larni to`ldirish uchun kichik tadbirkorlik sub`ektlariga (shu jumladan, mikrofirmalar, kichik korxonalarga), dehqon va fermer xo`jaliklariga 24 oygacha muddat bilan eng kam oylik ish haqining 1000 baravarigacha miqdorda beriladi. Ilgari bu miqdor 500 baravarni tashkil etgan.
Manba: Darakchi.uz



Новости «Tadbirkorlarga eng kam ish haqining 1000 baravarigacha mikrokredit beriladi»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]