Главная » Futbol yangiliklari » Terma jamoa bugun «Olmaliq» bilan o'ynaydi
Terma jamoa bugun «Olmaliq» bilan o'ynaydi

Terma jamoa bugun «Olmaliq» bilan o'ynaydi

  • Категории: Futbol yangiliklari
  • Название: Terma jamoa bugun «Olmaliq» bilan o'ynaydi
  • Дата релиза: 27-07-14, 18:11
Terma jamoa bugun «Olmaliq» bilan o'ynaydi
Mirjalol Qosimov bosh murabbiyligidagi 1991 va undan keyingi yillarda tug'ilgan futbolchilardan iborat O'zbekiston milliy terma jamoasi bugun «Olmaliq» klubiga qarshi yig'in davomidagi so'nggi nazorat uchrashuvida maydonga tushadi.

«Olmaliq» klubiga qarshi nazorat o'yini Qosimov shogirdlari uchun mazkur yig'in doirasidagi so'nggi uchrashuv bo'ladi. Uchrashuv, «JAR» stadionida soat 19:00da boshlanadi. Eslatib o'tamiz, 20 iyul kuni Toshkentga yig'inga kirishgan O'zbekiston terma jamoasi bungacha 3ta nazorat o'yinida maydonga tushdi va ularning barchasida g'alaba qozondi.

Dastlab, 22 iyul kuni «Navbahor» yirik hisobda mag'lubiyatga uchratilgan bo'lsa, 24 iyul kuni «Metallurg» Qosimov shogirdlariga raqib bo'ldi va bu o'yin ham O'zbekiston terma jamoasining g'alabasi bilan yakunlandi - 2:1.

26 iyul, shanba kuni esa terma jamoa Toshkentning «Paxtakor» klubiga qarshi nazorat o'yinida maydonga tushdi va yirik 6:0 hisobida g'alaba qozondi.

Bugun bo'lib o'tadigan «Olmaliq» klubiga qarshi uchrashuv Mirjalol Qosimov shogirdlarining Toshkent shahridagi yig'iniga yakun yasab beradi. Eslatib o'tamiz, Mirjalol Qosimov mazkur yig'inda 1991 va undan keyingi yillarda tug'ilgan futbolchilardan iborat jami 26 nafar futbolchini sinovdan o'tkazadi va sentyabr oyida Incheon shahrida start oladigan Osiyo O'yinlariga boradigan tarkibni aniqlaydi.

Nazorat uchrashuvi.

27 iyul, yakshanba, «JAR» stadioni.

O'zbekiston MTJ – «Olmaliq» (Toshkent)
Логин:
Пароль: